Futbol

Coca-Cola Superliga 5-turining dastlabki o’yini atrofidagi qizg’in muhokamalar davom etmoqda.

28



Coca-Cola Superliga 5-turining dastlabki o'yini atrofidagi qizg'in muhokamalar davom etmoqda.

Penaltilar statistikasi: “Navbahor” eng ko’p jabrlandi, “Paxtakor” darvozasiga birorta jarima belgilanmagan

Teglar : 
“Navbahor” “Paxtakor”Coca Cola Superliga-2021
Coca-Cola Superliga 5-turining dastlabki o’yini atrofidagi qizg’in muhokamalar davom etmoqda.

Aniqrog’i, Firdavs Norsafarov tomonidan "Navbahor" darvozasiga belgilangan penalti namanganliklarning keskin noroziligiga sabab bo’ldi…

SHu o’rinda O’zbekiston chempionatining joriy mavsumidagi penaltilar statistikasini etiboringizga havola qilishga qaror qildik.

Referilar ortda qolgan 29 o’yinda jami 16 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilishgan. 16 penaltidan 13 tasi golga aylantirilgan (Azim Ahmedov, Stanislav Andreev va Islom Toshpo’latov 1 tadan imkoniyatni yo’qqa chiqarishgan). 

Eng ko’p penalti belgilangan o’yin 2-tur doirasidagi "Lokomotiv" 1:2 "Navbahor" bahsi bo’lib, Zokir Qodir 3 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan edi.

Eng ko’p penalti tepgan jamoa Namanganning "Navbahor" klubi bo’lib turibdi. Lochinlar shu paytgacha 3 marta 11 metrlik imkoniyatdan foydalanishga ulgurishdi. Penalti tepish bo’yicha statistika:

 "Navbahor"  3
 "Surxon"  2
 "Paxtakor"  2
 "Lokomotiv"  2
 "So’g’diyona"  1
 "Qo’qon-1912"  1
 "Qizilqum"  1
 "Bunyodkor"  1
 AGMK  1
 "Andijon"  1
 "Metallurg"  1

Malumot uchun, quyidagi jamoalar hozircha biror marta ham penalti tepmagan: "Nasaf", "Mashal" va "Turon".

Penaltilardan eng ko’p jabrlangan ham aynan Namangan jamoasi bo’lib turibdi. "Navbahor" darvozasiga jami 3 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilangan. Bu boradagi statistika shunday:

 "Navbahor"  3
 "Lokomotiv"  2
 "Turon"  2
 "Andijon"  2
 "So’g’diyona"  2
 AGMK  1
 "Surxon"  1
 "Nasaf"  1
 "Bunyodkor"  1
 "Mashal"  1

Malumot uchun, quyidagi jamoalar darvozasiga hozircha penalti belgilanmagan: "Paxtakor", "Metallurg", "Qo’qon-1912" va "Qizilqum".

Penalti bor edi! (F.R. blogi)

Faxriddin Ro’ziev tayyorladi

Coca-Cola Superliga 5-turining dastlabki o'yini atrofidagi qizg'in muhokamalar davom etmoqda.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish