Boks/MMA

Dana Uayt Konor Makgregorning beysbol maydonidagi omadsiz harakatining sababini tushuntirdi.

146

UFC prezidenti Dana Uayt yaqinda “Chicago Cubs” va “Minnesota Twins” beysbol o’yinida bir necha metr masofadan birinchi to’pni o’yinga kiritib berishga uringan Konor Makgregorning omadsizligi haqida gapirdi. 

«Bilasizmi, mendan ham ilk to’pni o’yinga kiritib berishimni ko’p bor so’rashgan. Va men buni hech qachon qilmaganman va qilmayman ham. Hech qachon», – dedi tashkilot rahbari Jim Rum shousida. «Ko’plab odamlar to’pni nishonga to’g’ri tashlashi mumkin deb o’ylashadi, lekin bu bir qarashda ko’ringanidan ancha qiyin».

SHuningdek, Uayt irlandiyalik jangchi qachon oktagonga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga yana bir bor javob berdi.

«Konor to’liq tiklanishi kerak. Uning oyog’i qanchalik tez tuzalishini bilmayman. Asosan, hammasi uning qanchalik kuchli tepishi, eng muhimi, qanchalik tez zarba berishi mumkinligiga bog’liq. Bu uning qachon yana jang qilishi mumkinligini aniqlaydi», – dedi UFC prezidenti.

Fikr bildirish