Futbol

Dembele «Barselona»dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi

20

Ispaniyaning Sport nashri tarqatgan ma’lumotga qaraganda, Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchisi Usmon Dembele qishki transfer bozorida jamoani tark etishga qaror qildi.

23 yoshli fransiyalik futbolchi “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Chunki, u jamoada muhim rol o‘ynaydigan klubga o‘tish niyatida.

Xabarda aytilishicha, «Manchester Yunayted» qishda Dembeleni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 5 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol kiritishga erishdi.

Fikr bildirish