“Barselona” vingeri Usmon Dembele o‘ziga yangi ish izlashga kirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan. Avvalroq, fransiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi vakillari bilan muzokara boshlashdan avval PSJdan taklif bo‘lishini kutish niyatida ekani xabar qilingandi.
Ispaniyaning “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, parijliklar haqiqatdan ham futbolchi uchun shartnoma tayyorlab qo‘yishgan. PSJ rahbariyatini Dembelening yoshligi va uning Fransiya fuqaroligi o‘ziga jalb qilmoqda, bu esa Chempionlar ligasiga katta yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl”, “Manchester Yunayted” va “Yuventus” ham futbolchi uchun raqobatlashishga harakat qiladi.