Gollandiyalik hujumchi Memfis Depay kataloniyalik “Barselona” rahbariyatiga shart qo‘ydi. Hujumchi jamoaning asosiy tarkibidan kafolatlangan o‘ringa ega bo‘lishini talab qiladi.
“El Nacional” nashri xabariga ko‘ra, gollandiyalik futbolchi asosiy tarkibning daxlsiz azosi bo‘lishni istamoqda. Aks holda, u joriy mavsum yakunida “ko‘k-anorranglilar”ni tark etishi mumkin.
Oldinroq kataloniyaliklar urugvaylik Edinson Kavani yoki norvegiyalik Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.
Depay joriy mavsum La Liganing 15 ta o‘yinida 8 ta gol urdi. Futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2023 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.