Futbol

Didye Desham Benzemani terma jamoaga qaytganiga izoh berdi

296

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham “Real” hujumchisi Karim Benzemaning Yevro-2020 qaydnomasiga kiritilgani haqida fikr bildirdi.

 

“Biz uchrashdik, uzoq suhbatlashdik. Shundan so‘ng, hamma narsani uzoq vaqt o‘ylab, shunday qarorga keldim. Biz nima haqida suhbatlashganimizni oshkor qilmayman, bu bizning oramizda qoladi. Bu uchrashuv menga ham, unga ham kerak edi. Mening ishimda turli xil holatlar bo‘lgan va har doim kerak bo‘lganda o‘z fikrimni chetga surar edim. Fransiya terma jamoasi menga tegishli emas, garchi men unga bo‘layotgan voqealar uchun, tarkib uchun javobgar bo‘lsam ham”, – deydi Desham.

 

Ma’lumot uchun, Benzema 2015-yildan buyon birinchi marta Fransiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Fikr bildirish