Jang san’atlari

Dunyo muxlislari kutgan Ronaldu – Messi dueli bo‘lmaydi!

99

Dunyo muxlislari kutgan Ronaldu – Messi dueli bo‘lmaydi!

Futbol 22 oktabr, 2020, 17:42 1 Teglar:Krishtianu Ronaldu
|
Lionel Messi
|
Yuventus
|
BarselonaUlar Evropa chempionlar ligasida to‘qnashishi kerak edi

Chempionlar ligasida “Yuventus” va “Barselona”ning bir guruhdan o‘rin olishi  dunyo bo‘ylab futbol muxlislarini yana ikkiga ajratdi. Hamma bu turnir orqali Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining  o‘zaro duelini tomosha qilish ishtiyoqida edi.

“Yuventus” musobaqaning ikkinchi turida “Barselona”ni qabul qiladi va muxlislar kutgan eng zo‘r futbolchilar aynan shu o‘yinda o‘zaro to‘qnash kelishi kerak edi.

Afsuski, yaqindagina koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan Krishtianuga davolash choralari ta’sir qilmadi. Portugaliyalik yulduz topshirgan test yana musbat natija berdi.

Endi Ronaldu davolashni davom ettiradi va karantinda qoladi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuve” to‘purari 28 oktyabr kun “Barsa”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinda turinliklarga yordam bera olmaydi.

Ronaldu – Messi dueli ikkinchi davrada – 8 dekabrga belgilangan Kataloniyadagi o‘yinda yuz berishi mumkin. Albatta, buning uchun har ikki superyulduz ungacha salomatligini saqlay olishi kerak.

Fikr bildirish