Jang san’atlari

Ekspertlar Xabib Nurmagamedov- Toni Fergyuson jangi 18 aprelda bo’lib o’tishiga hali ham shubhadalar

34

Bukmekerlar Xabib Nurmagamedov – Toni Fergyuson jangi rejalashtirilganidek 2020 yil 18 aprelda bo’lib o’tishiga pul tikishni taklif qilishmoqda. Jang belgilangan sanada bo’lib o’tishiga 1.96 (47% ehtimol bilan) koeffitsient uchun pul tikish taklif qilinmoqda.
Nurmagomedov va Fergyuson18 aprelda jang o’tkazmasligiga 1.75 koeffitsient uchun pul tikish mumkin (53% ehtimol bilan).
Bugun, 24 martda UFC boshlig’I Deyna Uayt Xabib Nurmagamedov va Toni Fergyuson chempionlik jangini o’tkazish uchun joy topgani haqida xabar qildi.
Uaytning so’zlariga ko’ra, jang 18 aprel kuni o’tkaziladi, ammo muxlislarsiz o’tadi.
Jangni o’tkazish joyi keyinroq ochiqlanadi.

Fikr bildirish