Futbol

“El-Pistolero” 32 yoshga to’ldi. Suares hayotidagi qiyinchiliklar haqida

19

Ushbu sana munosabati bilan urugvaylik forvard hayotiga oid voqeani taqdim etamiz.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, Urugvay degan mamlakatda, yuk ortuvchi va uy bekasining 7 farzandi bo’lgan ekan.

7 – bu "Barselona" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares hayotidagi muhim raqam.

Masalan, Luis 7 yoshligida uning ota-onasi Urugvaydagi futbol poytaxti – Montevideoga ko’chishga qaror qilishadi.

Suares ko’p vaqtini bolalar bilan futbol o’ynab o’tkazar edi. O’sha vaqtda bolakay uchun boshqa mashg’ulot yo’q bo’lgan, chunki otasi topgan pullar faqat emish va boshqa muhim xarajatlarga etardi.

SHunga qaramay, uning ota-onasi Suares futbolchi bo’lib etishishiga yordam berishdi. Mahalliy klub "Urreta"ning o’rtoqlik uchrashuvlaridan birida Luis zaxiradan joy oldi. O’sha kuni jamoa 0:2 hisobida mag’lub bo’layotgan edi. Murabbiy yangi futbolchiga imkon berishga qaror qildi va uni maydonga tushirdi. Aynan o’sha bahsda bo’lajak yulduz xet-trik qayd etib, jamoasiga irodali g’alaba taqdim etdi.

Unga Urugvayning yirik klublaridan biri "Nasonal" etibor qaratdi. Ammo o’sha yili uning otasi oilasini tark etdi va hammasi o’zgarib ketdi. Otasiz qolgan oilagan juda qiyin edi. Suares futbolni deyarli tashlab qo’ydi, asosiy tarkibdagi joyini yo’qotdi, tungi klublarga borishni boshladi va bir kun… sevib qoldi.

13 yoshli Sofiya uning do’stiga aylandi. Luis unda yaxshi taassurot qoldirish uchun yana mashg’ulotlarga qaytdi va faol shug’ullana boshlandi.

"Aqldan ozdiradigan qizni uchratdim. Ammo aynan o’shanda futbol men uchun qanchalik muhimligini tushunib etdim" – deydi Suares.

Pul juda kam edi, Luis esa Sofiyada yaxshi taassurot qoldirishni juda istardi. U bir paytlar qizga muzqaymoq olib berish uchun xatto ko’chada tushirib qoldirilgan tangalarni qidirgan. Ular ikki yil do’st bo’lishdi, keyin esa qizning oilasi Barselonaga ko’chib ketdi va futbolchining faoliyatida yana pasayish kuzatildi.

Biroq u o’ziga kela oldi.

Uning yulduzli onlari "Rochi"ga qarshi chempionlik bahsida keldi. Urugvay chempionati Apertura va Klausuradan iborat, ammo chempion ikki turnirning g’oliblari o’rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. Ikki o’yinlik finalda "Nasonal" raqibni 6:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi, Suares esa mehmonda va uyda bittadan gol urishga muvaffaq bo’ldi.

Luis 19ga to’lganida Gollandiyaning "Groningen" klubi unga taklif yubordi, futbolchi esa uni qabul qildi. Bu transfer 1 mln. dollar evaziga amalga oshdi. Suares endi Sofiyaga yaqinroq edi.

"Biz Urugvayda umuman boshqa futbolchini kuzatgandik" – deydi "Groningen" sobiq bosh murabbiyi Rob Yans. "Luis etiborimizni o’ziga tortdi. Uning o’yini bizga yoqdi va qizqa muddat ichida shartnoma imzoladik. Bu o’sha vaqtda biz uchun eng qimmat transferlardan biri edi. Katta tavakkalga qo’l urdik, ammo jon kuydirmasang, janona qayda".

Bu transfer ikki tomon uchun ham tavakkal edi. Suares ingliz yoki golland tilini bilmagan va murabbiyga qo’l ishoralari bilan murojaat qilgan. Ilk bor o’z mamlakatidan chiqqan yigitcha uchun ko’nikish juda qiyin kechgan.

Og’ir bolalikni boshidan kechirgan yosh futbolchi taslim bo’lishni istamas edi. U juda yaxshi o’ynay boshladi.

"Urugvayda, ko’chalarda yalang oyoq to’p tepardik. SHunday yashaganmiz. Ota-onamdan butsa uchun pul so’ray olmasdim. Evropadan farqimiz shunda. Bu erda (Evropada) hammasi osonroq. 17-18 yoshli yigitlarning mashinasi bor. Oddiy mashina emas, Audi! Urugvayda bunga imkon yo’q. Ammo ustunligimiz ham shunda, agar hamma narsang bo’lsa, maydonda boringni berib o’ynamaysan".

"Groningen" imtihon va katta maktab vazifasini o’tab berdi. Aynan shu klubda u maydondagi egoizm va portovchi felini rivojlantirdi.

Uning faoliyatidagi ilk haqiqiy muvaffaqiyat Suares "Ayaks"ga o’tganida bo’ldi. Gollandiyaning etakchi klubi Luis uchun 10 mln. dollar to’ladi. Suares nihoyat porladi! O’zining xotirlashicha, u to’pga ega bo’lishi bilan gol urardi. Rahbariyat va muxlislar muhabbatiga sazovor bo’lish uchun uzoq vaqt kerak bo’lmadi. 21 yoshlida u sardorlik bog’ichini oladi!

Suares hayotidagi asosiy maqsadiga ham erishdi. U Sofiya bilan turmush qurdi. To’y 2009 yil Montevideoda, yoshlar ilk marta uchrashgan shaharda bo’lib o’tdi. Tez orada ushbu juftlikning qiz farzandi dunyoga keldi.

2010 yilda u Urugvay terma jamoasi bilan jahon chempionatiga yo’l oladi.

CHorak finalda Urugvay mundialda qolgan yagona Afrika jamoasi Gana bilan o’ynadi. O’sha bahsda Suares darvozaga kirib ketayotgan to’pni ikki qo’li bilan qaytardi. U hakam tomonidan chetlatildi va penalti belgilandi.

11 metrlik jarimasi gol bilan yakunlanmadi, uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida esa urugvayliklar g’alabaga erishishdi. Bu bahsdan so’ng hamma Afrika jamoasiga hamdardlik bildirdi, Luisni esa yomon ko’rib qolishdi. Biroq Suares o’z vatanida mamlakat qahramoniga aylandi. CHunki jamoa 1970 yildan beri jahon chempionatining yarim finaliga chiqmagan edi.

OAV tanqidlaridan zerikkan Luis PSVga qarshi bahsda raqibning elkasini tishlab oladi. Ushbu ishi uchun urugvaylik bir necha o’yinga diskvalifikaciya qilinadi. 

Ushbu ish uning faoliyatiga tasir qilmadi va 2011 yilda Suares "Liverpul"ga o’tdi. "Qizillar" transfer uchun 20 mln. funtdan ko’proq to’lashdi.

Suares 7-raqamli futbolkaga ega bo’ldi.

O’sha yilning yozida Urugvay Amerika Kubogida g’olib chiqdi, Luis esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Keyingi mojarolar haqida bilasiz. Patris Evra Suaresni irqchilikda ayblaydi, Aleks Fergyuson esa uni "sharmanda" deb atadi, Futbol Associaciyasi Luisni 8ta o’yinga diskvalifikaciya qildi.

Bu gap-so’zlar biroz tinchishi bilan, unga yana tashlanishdi, chunki forvard uchrashuvdan oldin Evraning qo’lini siqib qo’ymadi.


"O’sha kunlar men uchun og’ir kechgan. Tuyg’ularimni hammaga ko’rsatishga o’rganmaganman, ammo sud ishi tufayli xotinim har kecha yig’lardi. Jarayon qiyin bo’ldi. Juda charchadim. Atrofimdagi hamma narsani sindirishni istadim. Uyga kelib bu ishni qilishni xohlagandim, ammo qilolmadim, chunki qizim uyda edi. Jazodan so’ng hammasi yanada og’irlashdi".

Keyinroq: "Bir kuni xotinim bilan restoranda tushlik qilayotgan edik va "Manchester Yunayted" muxlislaridan biri oldimga kelib, suratga tushishni iltimos qildi va shunday dedi: "Siz ajoyib futbolchisiz".

Irqchilikka oid mojaro tinchib qolgan bir paytda, yangi mavzu ko’tarildi: Hamma uni simulyaciyada ayblay boshladi. "Everton" ustozi "Liverpul"ga qarshi bahsdan oldin ham ushbu mavzuni yodga oldi. Suares bunga juda chiroyli javob qaytardi: Luis uchrashuvda gol urdi va uni "irislar" ustozi oldida "sho’ng’ib" nishonladi.

Luisni himoya qilgan insonlar ham bo’ldi, xatto Devid Bekxem va Petr CHex kabilar uning nomiga iliq so’zlar aytishdi: "Suares jarima maydonchasi ichida juda xavfli futbolchi ekanligini hamma biladi. U tug’ma goleador, doimo kerakli joyda paydo bo’ladi. Hammada ham bunday iqtidor mavjud emas".

Biroq Luis tinch yashay olmaydi. Suares keyinroq "Liverpul" safida Branislav Ivanovichni, Urugvay terma jamoasida esa Jorjo Kellinini tishlab oldi. SHunga qaramay, urugvaylik faoliyatida o’sishga erishdi. Ayni damda u "Barselona" sharafini himoya qilmoqda va bir necha kun oldin u "Barselona" safida o’zining 100-golini urdi.

Luis Suaresning laqabi "El-Pistolero" – o’qotar manosini bildiradi. Futbolchi nega bunday laqab olganini esa yaxshi bilasiz.

Fikr bildirish