Tennis

Elina Svitolina ikkinchi uchrashuvini o’tkazdi

83

Sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi bo’lib turgan Elina Svitolina turnirdagi ikkinchi g’alabasini tantana qildi. Ukrainalik tennischi reytingning 164-pog’onasidan joy olib turgan rossiyalik Vera Zvonaryovadan ustun keldi – 6/4, 6/1. Elina 69 daqiqa davom etgan bahsda 2 ta, Vera esa bitta eys zarbasini amalga oshirdi. 

Endi Svitolina Abu Dhabi WTA Women’s Tennis Open turnirining nimchorak finalida yana bir rossiyalik tennischi Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi. Aleksandrova ikkinchi bosqichda britaniyalik Xizer Uotsonni mag’lub eta oldi.

Fikr bildirish