«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari joylashgan bazaga qaytib keldi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.
Yaqin kelajakda 36 yoshli portugaliyalik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va turinliklar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Oldinroq «Yuventus» vise-prezidenti Pavel Nedved forvard jamoada qolishini aytgandi.
Turin klubi futbolchi bilan 2023 yilgacha yangi shartnoma tuzmoqchi. Yangi shartnomaga binoan Ronalduning maoshi yiliga 31 million yevrodan 20 milliongacha kamayadi.
Krishtianu Ronaldu o‘tgan mavsumda «Yuve» tarkibida barcha musobaqalarda 44 uchrashuv o‘tkazdi va 36 gol va to‘rtta golli pas berdi.