Fevral oyida Uorrington faoliyatidagi birinchi mag’lubiyatini qabul qilib, Lara tomonidan to’qqiz raundda nokautga uchratilgan edi. Ularning revansh jangi o’tgan dam olish kuni Lidsda bo’lib o’tdi.
Ammo, ikkinchi jang ikki raunddan so’ng to’xtatildi. Boshlarning to’qnashuvi natijasida Lara ko’zidan jarohat oldi. Uchinchi raund boshlanishidan oldin shifokor jangni to’xtatdi. Uchrashuv texnik durang sifatida yakunlandi.
30 yoshli Uorrington ertami-kechmi ringga qaytmoqchi.
Ammo, Laraning jarohati to’liq davolanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida hech qanday malumot yo’q. U bir necha oyga safdan chiqishi mumkin edi.
«Men biroz tushkin holatdaman va Maurisio Lara bilan jang hayoli meni taqib qiladimi, bilmayman. Men 30 yoshdaman va etti oydan buyon jang qilmagandim – bu jarohat Larani qachongacha chetlatadi? Men Amerikada jang qilmay turib chempionlik kamarlarni birlashtiraman deb o’ylardim»,- dedi Uorrington.
«Pandemiya va jarohat bu voqea sodir bo’lmagan degan manoni anglatadi, lekin men uni engib o’tishni xohlayman. Ammo men uzoq kuta olmayman».
Uorrington oraliq jang o’tkazishga tayyor, ayniqsa bu jang AQSHda bo’lsa. Uning promouteri Eddi Xirn unga amerikadagi debyuti uchun munosib raqib topishi kerak edi.
«Men hatto shtatlardagi bo’lajak debyutimda kamar uchun jang qilmagan bo’lardim, chunki mening muxlislarim bunga loyiq (Buyuk Britaniyadagi muxlislar kamar uchun jangni tomosha qilishga loyiq)Tah. Olamsport.com)», -dedi Uorrington.