Boks/MMA

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yarim engil vazn toifasining ayni paytdagi eng kuchli jangchisi kim ekanini aytdi.

80

“Zabit Magomedsharipov dunyoning yarim engil vazn divizionidagi eng kuchli jangchisi”, – deya o’zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Xabib.

Malumot uchun, 30 yoshli Zabit Magomedsharipov mag’lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda va ayni paytda UFC reytingida 3-o’rinni egallab turibdi. U bir yarim yildan beri oktagonga chiqmayapti. So’nggi jangida Kelvin Kattarni ochkolar hisobiga ko’ra mag’lubiyatga uchratgan edi. Ushbu vazn toifasida avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiy amaldagi UFC chempioni hisoblanadi. 

Fikr bildirish