Futbol

Eriksenga ehtirom!

221

Kechaning muhim voqeligi sababchisi bo‘lgan Kristian Eriksen Daniya – Finlyandiya uchrashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda UYEFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Skandinaviya terma jamoalari o‘rtasidagi «B» guruhidagi 1-tur o‘yinining birinchi yarmi oxirida Eriksen hushini yo‘qotdi va maysazorda yiqilib tushdi.

Maydonda shifokorlar unga tibbiy yordam ko‘rsatdilar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak massaji amalga oshirildi. Keyin Kristian Kopengagendagi kasalxonaga yotqizildi. Keyinchalik futbolchi o‘ziga kelgani va uning holati barqarorlashgani ma’lum bo‘ldi.

Daniya – Finlyandiya o‘yini deyarli ikki soatlik tanaffusdan so‘ng tiklandi. Uchrashuv 1:0 hisobi bilan Finlyandiya jamoasi foydasiga yakunlandi.

Fikr bildirish