Daniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Kristian Eriksenning agenti futbolchining ahvoli yaxshiligi haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi mustaqil ravishda nafas olyapti va gapira boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Eriksen Yevro-2020 Finlyandiyaga qarshi o‘yinda hushidan ketgan edi. Tez yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, futbolchi kasalxonaga jo‘natildi.