U 2019 yilgi hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgandi. Uni hukumat binolariga o’t qo’yishda aybdor deb topishdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni kechirishni, hayotini saqlab qolishni so’rab murojaatlar yo’llashyapti. “Tvitter”da #SaveMohammadJavad xeshtegi paydo bo’ldi.
Eslatib o’tamiz, 2020 yilning sentyabr oyida 27 yoshli kurashchi Navid Afkari ham namoyishlarda ishtirok etgani uchun o’lim jazosiga mahkum etilgan, uni SHiroz shahrida osib o’ldirishgan edi.