Final. “Nasaf” “Paxtakor” bilan nechanchi marta to’qnashadi?
Teglar : Nasaf “Paxtakor”
Ertaga O’zbekiston kubogi 2021 yilgi mavsumining yakuniy bahsi o’tkaziladi.
Samarqandda o’tadigan to’qnashuv musobaqa tarixidagi 29-finalga aylanadi. Ertaga "Paxtakor" 17, "Nasaf" 7-marta kubok finalida maydonga tushadi. Malumot uchun, "sherlar" O’zbekiston kubogining 13 karra g’olibi, "ajdarlar" esa faqat 2015 yilgi musobaqada zafar quchishgan. Etiborli jihati, mazkur jamoalar kubok finalida 3-bor to’qnash kelishadi. Bundan oldingi har 2 o’yin poytaxt vakilining g’alabasi bilan tamomlangan. Oldingi o’yinlarning har ikkovi (2003, 2011 yillar) "Paxtakor" maydonida o’tkazilgan va bir xil hisob bilan yakunlangan edi.
PAXTAKOR – NASAF – 3:1 (2:1)
15.08.2003. Toshkent, "Paxtakor" stadioni (15000 muxlis).
Fakt: Botir Qoraev oldingi finallarning har ikkalasida maydonga tushgan. U ayni paytda "Nasaf"ning sport direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.
2011 yilgi finalda o’ynagan Vladimir Kozak hamda Egor Krimec hozir ham "Paxtakor" safida to’p tepishyapti. Ammo ular ertaga ko’p ehtimol bilan maydonga tushishmaydi. "SHerlar" sardori ayni paytda jarohatini davolash bilan band bo’lsa, Kozak oktyabr oyidan beri qaydnomaga kiritilmayapti.
Etiborli jihati, "ajdarlar"ning bungacha oxirgi bo’lib turgan finali (2016 yil) ham aynan "Dinamo" o’yingohida o’tkazilgan va "Lokomotiv"ga imkoniyat boy berilgan edi. Nima deb o’ylaysiz, "Nasaf" 3-urinishda "Paxtakor"ni kubokdan mosuvo qila oladimi?