Futbol

Espanyolning oltita vakili koronavirus aniqlandi

28

“Espanyol” rasmiy veb-saytida klubda koronavirus yuqishining oltita holati haqida e’lon qildi.

Seshanba kuni kasallik birinchi guruh vakillari va xodimlarda aniqlangan edi. Oltita bemorning hammasi kasallikning yengil belgilariga ega, ularning barchasi shifokorlar tavsiyalariga amal qilishmoqda.

Eslatib o’tamiz, 12 mart kuni Ispaniya oliy futbol divizionlari – La Liga va Segunda – koronavirus tarqalishi sababli ikki haftaga to’xtatilgan edi.

Fikr bildirish