Futbol

Evropa chempionati chorak finalidan o’rin olgan SHveycariya – Ispaniya o’yini bo’lib o’tmoqda.

187



Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.

Evro-2020. SHveycariya – Ispaniya 1:1 (Matnli translyaciya)

Teglar : 
IspaniyaEvro-2020
Evropa chempionati chorak finalidan o’rin olgan SHveycariya – Ispaniya o’yini bo’lib o’tmoqda.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

93-daqiqa. Vaaauuv! Xordi Albaning uzatmasidan keyin Xerard Morenoga bu safar endi Akanji ham halaqit qila olmasdi, ammo hujumchi mo’ljalda adashdi.   

92-daqiqa. Luis Enrike shogirdlari raqib darvozasiga o’ng qanotdan yo’l izlashmoqda va har safar Akanji xavfni bartaraf etmoqda. 

Har ikki jamoada gol urish uchun 30 daqiqa vaqt bor.

91-daqiqa. Gavranovich o’yinni boshlab berdi.  

Yan Zommer jamoadoshlarini ruhlantirishga urinmoqda. 

O’zgarish! Qo’shimcha bo’limlar oldidan Ispaniya tarkibida Ferran Torres o’rniga Mikel Oyarsabal o’yinga qo’shildi. 

Biroz tanaffus va ekstra-taymlar guvohiga aylanamiz.

90+4-daqiqa. Markos Lorente o’yinning asosiy vaqtidagi oxirgi vaziyatda raqibiga nisbatan qo’pol o’ynadi deb topildi va shu pallada Maykl Oliverning asosiy vaqt durang bilan yakunlanganini bildiruvchi hushtagi chalindi.   

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Emerik Lyaport qo’pol harakati uchun ogohlantirildi. 

90+2-daqiqa. O’zgarish! SHveycariya ustozi ham o’yinchi alishtirishga qaror qildi. Stiven Cuber o’rniga Kristian Fassnaxt o’yinga qo’shildi.   

90+1-daqiqa. O’zgarish! Maydonga Koke o’rniga Markos Lorente tushirildi. 

90-daqiqa. O’yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo’shib berildi. 

89-daqiqa.Rodriges chuqur nafas olib, to’p bilan ancha oldinga harakatlandi, keyin qarama-qarshi qanotga uzatmani amalga oshirdi, ammo sherigi to’pni to’xtata olmadi.

88-daqiqa. SHveycariyaning xavfli hujumini Xordi Alba faollik ko’rsatib, qaytarib qoldi, keyin bo’yniga Gavranovichdan tirsak bilan berilgan zarbani qabul qilib olishga majbur bo’ldi.  

86-daqiqa. O’yin kartinasini tasavvur qilish uchun hozir Emerik Lyaport darvozadan taxminan 30 metrlar masofadan bemalol zarba berayotganini bilish etarlidek.   

84-daqiqa. Navbatdagi hujum, navbatdagi zarba, uning muallifi Xerard Moreno, lekin to’p to’g’ri Yan Zommer turgan nuqtaga uchib bordi.  

83-daqiqa. Ferran Torres to’p uchun kurashda Silvan Vidmerga nisbatan qo’pol o’ynadi.   

Ispaniya endi bosimni yanada kuchaytirishi va barchasini asosiy vaqtda hal qilishga urinishi turgan gap. 

82-daqiqa. O’zgarishlar! Xaris Seferovich va Jerdan SHakiri o’rnini Mario Gavranovich va Jibril Souga bo’shatib berishdi. 

80-daqiqa. SHveycariya o’ng qanotdan oldinga o’tishga va imkon qadar to’pni ko’proq vaqt davomida o’z darvozasidan uzoqroqda ushlab turishga harakat qilmoqda. 

77-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Markazda Morenoga nisbatan keskin "podkati" uchun Remo Froylerga qizil rangdagi kartochka ko’rsatildi.   

76-daqiqa. Pedrining uzatmasidan keyin Dani Olmo jarima maydoniga yorib kirdi, lekin faqatgina burchak zarbasi. 

74-daqiqa. Dani Olmo jarima maydoniga kiraverishda raqibini alday olmadi. 

72-daqiqa. Ispanlar biroz karaxt holatga tushib qolgandek… Raqib kamroq to’p bilan muomalada bo’layotganiga qaramay, ikkinchi bo’limda ayniqsa tikka darvoza tomonga harakat qilishga urinmoqda.    

Buyog’i yanada qiziqarli bo’lishi aniq. Uchrashuv yakunlanishiga 20 daqiqacha vaqt qolmoqda. Buyog’iga yo’l qo’yilgan xato jamoani uyiga ravona bo’lishiga sabab bo’lishi hech gap emas.

70-daqiqa. Goldan ruhlangan SHveycariya yana xavfli vaziyat yaratishi mumkin edi, ammo SHakirining uzatmasidan keyin Unai Simon to’pga chiqib kelib, uni uzoqroqqa tepib yubordi. 

68-daqiqa. GOOOOOOOOOL! SHakiri hisobni tenglashtirmoqda! Himoyachilardan yana bir sovg’a va tajribali yarim himoyachi raqiblarini kechirmadi. 

67-daqiqa. Ogohlantirish! Silvan Vidmar maydon markazida juda keskin o’ynagani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

64-daqiqa. Unai Simon darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.   

63-daqiqa. Ispaniya burchak zarbasini amalga oshirdi. 

59-daqiqa. Ferran Torres standart vaziyatdan keyin jarima maydoni ichida to’pni qabul qilib, zarba berishni uddaladi, lekin himoyachi to’p yo’liga to’g’anoq bo’ldi. 

56-daqiqa. Uxxx! Zakariyaning zarbasidan keyin to’p darvoza ustuni yonginasidan o’tib ketdi. Bu holatda Unai Simon ham jamoasiga yordam bera olmasdi.  

55-daqiqa. Emerik Lyaport sakragan holatda, to’pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

54-daqiqa. O’zgarish! Alvaro Morata o’rniga Xerard Moreno maydonga tushirildi. 

50-daqiqa. Zaxiradan o’yinga qo’shilgan Dani Olmo qanotda himoyachini chalg’itdi va uzatmani amalga oshirdi, ammo Kokening bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.  

49-daqiqa. Himoyachilar to’pni Moratadan olib qo’yishdi va qarshi hujumni boshlashayotganida Sesar Aspilikueta Stiven Cuberga nisbatan qoidani buzdi. Hakam Maykl Oliver bu harakat sariq kartochkaga loyiq emas deb topdi.  

48-daqiqa. Burchak zarbasi. SHveycariya o’yindagi 8-burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo bu safar ham samara chiqara olmadi.  

Vaziyat yakuniga etgach, hakam o’yindan tashqari holatni ham qayd etdi.  

47-daqiqa. Tezkor hujum Morataning uzatmasi va aynan Dani Olmo zarba yo’lladi, Zommer o’rnida.   

O’zgarish! Ispaniya tarkibida o’zgarish bo’lganini qayd etish lozim. Dani Olmo o’yinga qo’shildi, u Pablo Sarabiyani alishtirdi.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo’lim start oldi. Uni Seferovich boshlab berdi. 

Hozircha bo’lim davomida sezilarli ustunlikka ega bo’lgan Ispaniya haqli ravishda hisobda oldinda bormoqda.   

45+1-daqiqa. Akanji raqibning navbatdagi hujumini to’xtatib qoldi va Maykl Oliverning bo’lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi yangradi.   

45-daqiqa. Birinchi bo’limga 1 daqiqa qo’shib berildi.  

44-daqiqa. SHveycariya himoyadan chiqishga qiynalmoqda, Ispaniya pressingni ishga soldi.  

42-daqiqa. Ispanlar to’pni o’zlarida ushlab turishibdi. Buni Luis Enrike shogirdlari qoyillatishlari hech kimga sir emas. 

40-daqiqa. Unai Simonning darvozasi oldida vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo avval Pau Torres xavfni bartaraf etdi, keyin hakam Cuber o’yindan tashqari holatda bo’lganini ham qayd etdi. 

Lekin qayd etish lozim, SHveycariya yana zarba berishga imkon topdi. 

Uzatilgan to’pga Vidmer zarba berdi, ammo uning urinishi qovushmadi. 

38-daqiqa. SHveycariyaning tezkor hujumi Alba sabab burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

35-daqiqa. SHakirining faolligi va yana burchak zarbasi. Uzatmadan keyin ish yakuniy zarbagacha etib bormadi. 

34-daqiqa. SHveycariyaning javobi. Burchak zarbasidan keyin Manuel Akanji bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq.

33-daqiqa. Torres bir nechta raqibga qarshi bordi va to’pni oldinga o’tkazishni ham uddaladi hamda raqiblaridan biriga urilib, maydonga quladi… Hakam jim. 

30-daqiqa. SHveycariya yana chap qanotdan oldinga o’tishga urinib ko’rdi, ammo bu safar Koke bu nuqtada paydo bo’lib, xavfni bartaraf etdi.   

28-daqiqa. Har ehtimolga qarshi Dani Olmo chigalyozdi mashqlarini amalga oshirmoqda.

27-daqiqa. O’yinda pauza yuzaga keldi.

Sesar Aspilikueta bosh bilan yaxshi zarba yo’lladi, lekin darvozabon Zommer o’z o’rnida. 

25-daqiqa. Ferran Torresning uzatmasidan keyin Niko Elvedi to’p Morataga etib bormasligini taminladi.  

24-daqiqa. Ispaniya to’pni nazorat qilmoqda. 

Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.

23-daqiqa. O’zgarish! Brel Embolo jarohati sabab o’yinni davom ettira olmaydigan bo’ldi. Uning o’rniga o’yinga Ruben Vargas qo’shildi. 

21-daqiqa. Yon chiziq oldida goh u jamoa, goh bunisi to’pni oldirib qo’yaverdi va sal qolsa Seferovich birga-bir vaziyatga chiqib ketardi, ammo hujumchi to’pga eta olmadi. Qo’shimchasiga bosh hakam o’yindan tashqari holatni qayd etdi. 

19-daqiqa. Himoyachilar va Unai Simon o’z repertuarida… Ispaniya muxlislari baxtiga vaziyat bor yo’g’i burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

Kokening zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

17-daqiqa. Denis Zakariya hujumchi Morataga nisbatan qo’pol harakat qildi. Standart vaziyat. 

15-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to’pga Emerik Lyaport eta olmadi. 

14-daqiqa. Pablo Sarabiya chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi, himoyachi qaytargan to’p maydonni tark etdi.  

11-daqiqa. Nominal mezbonlar hujumga o’tishga, o’yin borishini o’zgartirishga urinishmodqa. 

Kutilganidek, taxmin qilinganidek, Ispaniya o’yinni faolroq boshladi va hisobni ochdi. 

Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.

8-daqiqa. GOOOOOOL! To’g’rirog’i yana avtogol. Albaning zarbasidan keyin to’p himoyalanayotganlardan biriga tegib, yo’nalishini o’zgartirdi va darvoza to’riga borib tushdi. 

5-daqiqa. SHveycariyaning hujumi xavfli ko’rinish olishi mumkin edi, lekin ispanlar himoyachilari bunga yo’l qo’ymadi. 

3-daqiqa. Ispaniya raqib himoyasiga bosim uyushtirmoqda.

1-daqiqa. O’yin boshlandi!

SHveycariya — Ispaniya

2 iyul, 21.00, «Gazprom Arena» 

SHveycariya: Zommer, Elvedi, Akandji, Rodriges, Vidmer, Froyler, Zakariya, Cuber, SHakiri, Embolo, Seferovich.

Ispaniya: Simon, Aspilikueta, Lyaport, P. Torres, Alba, Buskets, Koke, Pedri, Sarabiya, Morata, F. Torres.

Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.

Switzerland

Xherdan Shaqiri – 68′

EURO Final Stage . 1/4-tur

02/07/2021, 21:00

1
:

1

Extra Time – 1st half

Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.

Spain

Denis Zakaria – 8′

Stadion: Saint Petersburg Stadium

Bosh hakam: Michael Oliver

Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.
			Evropa chempionati chorak finalidan o'rin olgan SHveycariya - Ispaniya o'yini bo'lib o'tmoqda.
			45′
90′
120′
23′  Breel Embolo (Ruben Vargas)67′  Silvan Widmer68′  Xherdan Shaqiri68′  Remo Freuler78′  Remo Freuler82′  Xherdan Shaqiri (Djibril Sow)82′  Haris Seferovic (Mario Gavranovic)90′  Steven Zuber (Christian Fassnacht)8′  Denis Zakaria46′  Pablo Sarabia (Daniel Olmo)55′  Alvaro Morata (Gerard Moreno)90′  Koke (Marcos Llorente)90′  Aymeric Laporte91′  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
Match-senterda ochish

Fikr bildirish