Futbol

Evropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda.

197



Evropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda.

“Evro-2020 kundaligi”. SHotlandiya – CHexiya hamda “D” guruhidagi holat haqida

Teglar : 
AngliyaXorvatiyaSHotlandiyaCHexiyaEvro-2020 kundaligiEvro-2020
Evropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda.

Bugun Toshkent vaqti bilan 18:00 ga belgilangan SHotlandiya — CHexiya terma jamoalar o’rtasidagi bahs "D" guruhining 1-turiga yakun yasab berdi.

Ushbu bahsdan avval qaysi biri jamoaning favorit ekaniligi oldindan aytib bo’lmasdi. O’yin ham shunga yarasha bo’ldi. Bahs avvalidanoq har ikki jamoa ham navbati bilan hujumlar tashkil qilishdi. Ularning xavfliligi borasida esa CHexiyaning ko’rsatkichi nisbatan yaxshi edi. 15-daqiqada CHexiya futbolchisi Patrik SHikning chap oyoqda bergan zarbasidan so’ng Marshall xavfni bartaraf etdi. 

1-bo’lim o’rtasida esa hujumlar xavflilik jihatdan biroz tushdi. Ammo bo’limning oxirrog’ida CHexiya terma jamoasi hisobni ochishga muvaffaq bo’ldi. Yana o’sha Patrik SHik o’ng qanotdan etkazib berilgan to’pdan so’ng SHik boshi bilan raqib darvozasini ishg’ol qildi. 

SHu tariqa 1-bo’lim o’z nihoyasiga etdi. 

O’yinning ikkinchi qismini birinchisida bo’lgani kabi ikki terma jamoa faollik bilan boshladi. Ketma-ket hujumlar tashkil etildi. Hatto bir vaziyatda CHexiya darvozaboni to’pni darvoza oldidan qaytarib yubordi. Ammo uchrashuvdagi ikkinchi golni yana CHexiya va yana o’sha SHik urdi. Patrik deyarli maydon markazidan turib u raqib darvozasini ishg’ol qildi. 

Evropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda.

25 yoshli CHexiya hujumchisi Evro-2020 doirasida SHotlandiya darvozasiga o’zining ikkinchi to’pini 49.7 yard, yani 45.44 metr masofadan kiritdi. Bu 1980 yildan beri Evropa chempionatlaridagi rekorddir — hech kim SHikdan uzoqroq masofadan gol urmagan. Malumot uchun, 1980 yildan oldin ushbu statistika hisoblanmagan.

Ushbu goldan keyin o’yin tempi yanada oshdi. SHotlandiyaliklar oldinga o’tishda davom etishdi. Ammo ularning hech biri samara bermadi. SHu tariqa "D" guruhidan o’rin olgan ikkinchi uchrashuvda ham g’olib nomi bo’ldi.

Mazkur guruhda 1-turdan so’ng CHexiya terma jamoasi to’plar nisbati evaziga 1-o’rinda bormoqda. Angliya ham 3 ochko to’plagan holda 2-o’rinni band etgan. Xorvatiya hamda SHotlandiya terma jamoalari esa 0 ochko bilan so’nggi o’rinda. 

2-tur o’yinlari 18 iyun kuni o’tkaziladi. Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Xorvatiya — CHexiya uchrashuv bo’lib o’tsa, 00:00 da Angliya — SHotlandiya bahsi bo’lib o’tadi.

Evropa chempionati guruh bosqichi uchrashuvlari davom etmoqda. 
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish