Futbol

Evropa chempionati o’yinlari o’z yo’nalishida davom etmoqda.

210



Evropa chempionati o'yinlari o'z yo'nalishida davom etmoqda.

“Evro-2020 kundaligi”. “E” guruhidagi vaziyat hamda o’tkazilgan o’yinlar haqida

Teglar : 
Polsha Ispaniya SHveciyaEvro-2020 kundaligi SlovakiyaEvro-2020
Evropa chempionati o’yinlari o’z yo’nalishida davom etmoqda.

"E" guruhidan o’rin olgan 1-tur uchrashulari kecha o’tkazildi. Dastlabki bahs Polsha — Slovakiya terma jamoalari o’rtasida kechdi. O’yindan avvalgi bildirilgan taxminlarda Slovakiyaga qaraganda ko’proq Polshaning imkoniyatlari yuqoriroq baholanayotgan edi. Amalda esa buning birozgina aksini ko’rdik desa ham bo’ladi.

Uchrashuvni Polsha terma jamoasi anchagina faollik bilan boshladi. Dastlabki 10 daqiqani to’liq ustunligi ostida o’tkazgan Polshada aytarli xavfli vaziyat yuzaga kelmadi. 14-daqiqada Slovakiya oldinga o’tdi. Dudaning yaqin burchak tomon yo’llagan zarbasi golga o’xshab ketdi, to’p darvoza to’rining tashqi tomoniga tegdi. Oradan 4 daqiqa o’tib Slovakiya baribir o’z maqsadiga erishdi. Mak Polsha himoyasini yorib kirib, o’tkir burchakni nishonga oldi va hisobni ochishga erishdi. Darvozaga zarba berilganda to’p darvoza ustuniga tegib qaytayotgan edi, ammo to’pni qaytarishga intilgan Polsha terma jamoasi darvozaboni SHensnining boshiga tegib yana to’p darvozaga qarab kirib ketdi. Keyinroq chiqqan malumotlarga ko’ra, gol rasmiy protokolda SHensni nomiga avtogol sifatida yozilgan. 

Bo’limning ikkinchi qismida polshaliklar hujumga o’tishdi. Levandovski-Linetti kombinaciyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Krixovyakning kuchli zarbasi sal noaniq ketdi.

SHu tariqa 1-bo’lim yakuniga etdi. 

Ikkinchi bo’limning ilk daqiqalarini Polsha terma jamoasi hujumkorlik bilan boshladi. Va bu o’z samarasini berdi. 46-daqiqada Linetti yaqin masofadan  gol urib, hisobni tenglashtirdi. Garchi zarba kuchsiz chiqgan bo’lsa-da, darvozabon ojiz qoldi. 

Hisob tenglashgach har ikki jamoada ham ko’plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Ammo ulardan samara bo’lmadi. 62-daqiqaga kelib esa Polsha bir kishi kam bo’lib qoldi. Krixovyak qo’pol o’ynagani bois ikkinchi sariqqa loyiq ko’rilib, maydondan chetlatildi.

Polshaning bir kishi kam bo’lib qolgani Slovakiya uchun foydali bo’ldi. 68-daqiqada slovakiyaliklar hmoyachisi Milan SHkrinyar chamasi 13 metrdan zarba berib, gol urdi. 

Evropa chempionati o'yinlari o'z yo'nalishida davom etmoqda.

O’yin so’nggiga qadar har ikki terma jamoada ham bir necha imkoniyatlar yaratildi. Biroq ulardan ikki jamoa ham foydalana olmadi. SHu tariqa o’yin o’z nihoyasiga etdi. Unda Slovakiya Polsha ustidan g’alabaga erishdi va 3 ochkoni qo’lga kiritdi.

Guruhdagi ikkinchi bahsda Ispaniya terma jamoasi SHveciyaga qarshi bahs olib bordi. Bu o’yinda qaysi terma jamoa favorit ekanligi to’g’risida gap-so’z bo’lishi mumkin emas edi, asosiy favorit shubhasiz — Ispaniya edi. 

Kutilganidek uchrashuv ispanlarning ustunligi bilan boshlandi. To’pga egalik qilish bobida ham bir necha karrasiga ustun bo’lishdi. 38-daqiqada Alvaro Moratada yaxshi imkoniyat paydo bo’lgan edi. Xordi Albaning uzatmasidan keyin himoyachi to’pni qaytara olmagani qanchalik hayratlanarli bo’lsa, Alvaro Morataning keyin darvozani aniq nishonga ola bilmagani shunchalik tushunarsiz bo’ldi.   

1-bo’lim 0:0 hisobi bilan yakuniga etdi. 

Ispaniya SHveciyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo’limida 419ta uzatmani alamga oshirdi. Bu musobaqa tarixida qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkich. 

Evropa chempionati o'yinlari o'z yo'nalishida davom etmoqda.

Ikkinchi bo’limda muxlislar gol kutishgandi. Ayni shu bo’limni shvedlar faolroq boshlashdi va hozir Ispaniya terma jamoasi darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin hujumda paydo bo’lgan mehmonlar himoyachisi Lyustig to’pni oshirishda sustkashlikka yo’l qo’ydi. 61-daqiqada ham Ukrainada xavfli vaziyat sodir bo’ldi. Aleksandr Isaak kutilmaganda qisqa masofada bir nechta raqibini chalg’itib, bo’sh darvoza oldida turgan sherigi Markus Bergga to’pni oshirib bera olgandi, lekin hujumchi shunday vaziyatni ko’kka sovurdi. 

Bahs so’nggiga qadar jamoalar navbati bilan oldinga o’tib turishdi. Lekin ulardan samara chiqmadi. O’yin durang natija bilan o’z nihoyasiga etdi. 

Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlagan Ispaniya terma jamoasi azosi Pedri Evropa chempionatida maydonga tushgan eng yosh ispaniyalik futbolchiga aylandi. 

Ushbuguruhda 1-turdan keyin Slovakiya terma jamoasi 3 ochko bilan 1-o’rinda bo’lsa, Ispaniya hamda SHveciyada 1 ochkodan mavjud. Polsha terma jamoasi hozircha 0 ochko bilan so’nggi o’rinni band etib turibdi. 

"E" guruhidagi 2-tur o’yinlari 18 hamda 19 iyun kunlari o’tkaziladi. SHveciya — Slovakiya bahsi 18 iyun Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlansa, Ispaniya — Polsha o’yini 19 iyun kuni soat 00:00 da start oladi.

Evropa chempionati o'yinlari o'z yo'nalishida davom etmoqda.
			Muallif : Og’abek Samisov

Fikr bildirish