Futbol

Fabricio Romano Golden Boy-2020 sovrinini kim olishini malum qildi

15

Italiyalik taniqli jurnalist Fabricio Romano xabariga ko’ra, Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy-2020 sovrini Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchiis Erling Xolandga nasib etadi. Futbolchi ovoz berish jarayonida raqiblarini ortda qoldirgan. 20 yoshli Xoland joriy mavsum 11 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu sovrin 2017 yilda Kilian Mbappega, 2018 yilda Matteys de Ligtga, 2019 yilda Joau Feliksga nasib etgandi.

Fikr bildirish