Xokkey

Fazel: «Olimpiya o’yinlarini sentyabr oxiri – oktyabrga ko’chirish keyingi yilda o’tkazishdan ko’ra ancha qulayroq bo’lardi»

58

Xalqaro Xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel Tokio Olimpiadasini koronavirus tufayli 2020 yilda emas, 2021 yilda o’tkazish haqidagi qarorga sharh berdi.
«2000 yilgi Sidney o’yinlari sentyabrda o’tkazilib, oktyabrda tugagan.
Ha, kuzda basketbol va futbolda O’yinlarni o’tkazish bilan bog’liq muammolar bo’lgan, lekin Olimpiadani sentyabr oxiri – oktyabrga ko’chirish keyingi yilda o’tkazishdan ko’ra ancha qulayroq bo’lardi.
Keyingi yil yozga dunyoning turli chempionatlari belgilangan, shu jumladan yengil atletika, sportning suv turlari bo’yicha.
Boshqa federatsiyalarda ham o’zlarining musobaqalari bor»- deya Fazel so’zlaridan iqtibos keltirmoqda TASS.

Fikr bildirish