Futbol

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

164



FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

“Iflos futbol” – “So’g’diyona” nega 2-o’rinda turibdi?

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

16 tur ortda qoldi, oldinda yana 10tasi bor. "Paxtakor"ning navbatdagi chempionligiga shubha qiladiganlar qolmadi. Ammo medallar, xalqaro maydon yo’llanmasi uchun kurash avjida va ko’p ehtimol bilan so’nggi turga qadar davom etadi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Bu kurashning asosiy ishtirokchilaridan biri musobaqa jadvalida 2-bo’lib turgan "So’g’diyona"dir. Futbol oilasi azolari bilan suhbatlashsak, Ulug’bek Baqoev shogirdlari haqida doim iliq fikrlar eshitganmiz. Ko’pincha jamoaning jangovar ruhi, murabbiyning pragmatik falsafasi maqtaladi.  Ammo hech kim mavzuga chuqurroq kirib, O’zbekiston chempionatida 12 klubdan yaxshiroq natija ko’rsatayotgan "So’g’diyona"ning aslida qolganlardan yomonroq o’ynayotganiga etibor qaratmaydi. Ha, futbolda shunaqa: natija doim ham SIFAT atalmish ko’chaning oxirida bo’lmaydi. Quyida shu haqda…

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

"So’g’diyona" barchadan yomonroq 

Bir futbol bahsida ustunlik qilishni istasangiz, avvalo, to’p nazoratini qo’lga olishingiz kerak. To’p sizda bo’lgani muddatda raqibdan 1 qadam oldinda bo’lasiz (xuddi shaxmatdagi oq donalarda bo’lgani kabi). Bu eng kamida o’z darvozangiz dahlsizligini taminlab turadi. 

Masalan, Gvardiolaning "Siti"si APL 3-turida "Arsenal"ga javobsiz 5 ta gol urdi. SHu kuni Arteta shogirdlari "shaharliklar" darvozasiga to’p kiritolmaganining yagona sababi bor: "kanonirlar" Ederson qo’riqlagan darvoza tomon aniq zarba yo’llay olishmadi. Nega? CHunki to’p doim "Siti"da edi (80-20).

Agar sizning qo’lingizda kuchli jamoa bo’lsa, ojizroq raqiblarga qarshi 1-raqam bo’lib o’ynashingiz kerak. Ammo Ulug’bek Baqoev shogirdlari deyarli barcha o’yinlarni 2-raqam ostida o’tkazyapti. SHu tufayli o’yin davomida to’pni nazorat qilish borasida Superliganing eng yomon jamoasi bo’lib turibdi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

2-raqam bo’lib o’ynash yomonmi? Yo’q, albatta. Maydonda 2 ta jamoa bo’lganidan keyin kimdir shu rolda bo’lishi aniq. Bunday uslub orqali katta muvaffaqiyatlarga erishgan jamoalar ham bir talay. Ammo ular, avvalo, futbol o’ynashgan. Portugaliyani olasizmi, "Atletiko" yoki "Skuadra Adzurra"ni — himoyaviy futbol orqali katta zafarlarga erishgan. "So’g’diyona" ko’rsatayotgan o’yinni himoyaviy futbolga mengzash katta xato bo’ladi. CHunki yuqorida nomi sanalgan jamoalar hujumning raqibdan to’p olib qo’yilgan nuqtada boshlanishini yaxshi biladi va to’pni qadrlaydi. Jizzax klubi o’yinlarini kuzatsangiz, himoyadan oldinga chiqish jarayonida asosan uzoq masofaga oshiriladigan uzatmalardan foydalanilishiga yoki to’pni tavakkaliga darvozadan uzoqlashtirishiga guvoh bo’lasiz. Ijrochilarga mahorat etishmasligi bois shu nuqtada "brak"lar ko’payadi. Bu quyidagi jadvalda ham isbotini topgan. "So’g’diyona" uzatmalarning aniqligi bo’yicha joriy mavsumdagi eng yomon jamoa bo’lib turibdi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Tavakkal futbol

Jamoa urayotgan gollar uning saviyasi haqida "gapirib turadi". Bu borada xilma-xillik juda muhim. Aks holda, raqib bisotingizdagi yagona uslubni yopib qo’yish orqali sizni chorasiz qoldirishi oson. Biroq Baqoev shogirdlari tomonidan urilayotgan gollarning aksari "egizaklar": standart vaziyat yoki qanotdan uzatilgan "kross"dan keyin urilgan. "So’g’diyona"ning "kross" yordamisiz kiritgan oxirgi to’pini eslay olasizmi? Mening qo’limdan kelmagani uchun barcha gollarni qayta tomosha qildim va topdim: 18 may kuni "Qo’qon-1912" darvozasiga urilgan.

Demak, o’z-o’zidan xulosa paydo bo’ladi: "So’g’diyona" kombinacion futbolga emas, standart vaziyatlarga ishonib qolgan tavakkalchi jamoa. 

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Jamoada boshqacha o’yin yo’qligini quyidagi malumotlar asoslab beradi. "So’g’diyona" futbolchilari har o’yinda o’rtacha 2 tadan keskinlashtiruvchi uzatmalarni amalga oshirishadi xolos. Malumot uchun, "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bu boradagi ko’rsatkichi butun boshli Jizzax klubinikidan yaxshiroq.

"Iflos futbol"

Joriy mavsum "So’g’diyona" ishtirokidagi 3 ta o’yinni maydonda kuzatdim va barchasida 1 tomonning vaqt cho’zishiga guvoh bo’ldim. "Bunyodkor" bilan o’yinda (5-tur) maydonda yig’ilgan muxlislar norozilik bildirib stadionga suv idishlarini uloqtirgani-yu "Navbahor"ga qarshi Olmaliqdagi o’yinda Namangan klubi rahbariyatining jazavasi hamon ko’z oldimda. O’zi tan oladimi yoki yo’q, Baqoev shogirdlari o’yin vaqtini suniy yo’l bilan cho’zadigan, hakam va raqibga nisbatan etirozlarni ko’paytirib yuboradigan jamoaga aylandi. Afsuski, bu ham futbolning bir bo’lagi…

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

SHuningdek, Jizzax klubi boshqalarga nisbatan qo’pol futbol ko’rsatayotganini ham unutmaslik kerak. "So’g’diyona" futbolchilari joriy mavsum barchadan ko’proq ogohlantirilgan (49 sariq, 1 qizil kartochka).

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Baxtli tasodiflar

"So’g’diyona" ayni paytda musobaqa jadvalining 2-o’rnini egallab turishida hakamlar jamoasining xizmati o’yinchilarnikidan kam emasligini ham unutmaslik kerak. Dastlab, Superliganing 2-tur bahsini boshqargan Viktor Serazitdinov "Turon" futbolchisi o’z jarima maydoni ichida to’pni boshi bilan o’ynagani uchun penalti belgilab, Jizzax klubiga 3 ochko tortiq qilgan edi.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

14-tur doirasidagi "Navbahor" bilan o’yinda esa Asker Najafaliev "So’g’diyona"ga sahovatpeshalik qilgani yodingizda bor.

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Xulosa

Baqoev Jizzaxda faqat natija uchun o’ynaydigan jamoa shakllantirdi (xuddi Buxoroda bo’lgani kabi). Biroq uning shogirdlari o’yin borasida "Paxtakor", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv" singari jamoalarning oldiga tushishiga hali ancha bor. SHuningdek, jamoa mavsum o’rtasiga kelganda natija qilish borasida ham jiddiy qiyinchiliklarga uchramoqda. Ulug’bek Istamovich zudlik bilan jamoa o’yinini ijobiy tomonga o’zgartirmasa, tez orada kuchli uchlikdan chiqib ketadi.

FAKT: "So’g’diyona" so’nggi 7 turda 21 ochkolik imkoniyatdan atigi 7 ochko yig’ishni uddaladi (2 g’alaba, 3 durang, 2 mag’lubiyat).

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.

Qadrli muxlis, sizning "So’g’diyona" haqidagi fikrlaringiz qanday? Standart vaziyatlarga ishonib qolgan Jizzax klubi mavsum yakunida kumush medallarga ega bo’la oladimi?

FIFA kunlari tufayli Coca Cola Superligasida kichik tanaffus yuzaga keldi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish