«Barselona» vakillari «Bavariya» ustozi Xans-Diter Flikka qiziqish bildirmoqda – deya xabar qiladi ESPN.
Kataloniya klubi vakillari Flik atrofidagi agentlar bilan aloqada bo‘lishgan. Ammo, nemis murabbiyi Germaniya terma jamoasiga tayinlanishi va Ispaniyaga yo‘l olmasligini aniq aytgan.
Qayd etilishicha, «Barsa» prezidenti Joan Laportaga nemis mutaxassislarining ishlari, umumiy tizim va shuningdek, Bundesligadagi futbol rivoji yoqadi.
Oldinroq «Barcelona» jamoasining amaldagi ustozi Ronald Kuman mavsum oxirida klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.