“Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Donni van de Bekning agenti Gvido Albers hujumchi Krishtianu Ronalduning ingliz klubiga qaytganidan g‘azabda. Gollandiyalikning agenti 36 yoshli futbolchining kelishi uning mijozining o‘yin vaqtiga ta’sir qilishidan qo‘rqmoqda.
“Biz Ronalduning transferi biz uchun juda yomon xabar. Pogba chap qanotda o‘ynaydi, lekin Krishtianuning qaytishi yarimhimoyaga boshqa futbolchi qo‘shilishini va Pol o‘z pozisiyasini tark etishini anglatadi. Biz Sulsher va klub bilan muzokaralar olib bordik. Rahbariyati tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va mijozim uchun “Everton” variantini taklif qilishdi. Lekin, transferlar oynasi yopilishidan avval bizga Sulsher va “MYU” vakillari qo‘ng‘iroq qilishdi. Transferni amalga oshmasligi va Donni ertalab mashg‘ulotlarga kelishi kerakligi aytildi. Biz Donni nafaqat Liga kubogi, Angliya kubogi yoki Yevropa kubogi o‘yinlari uchun ham o‘ynashi kerakligini aytdik. U Angliyaga Premyer-ligada o‘ynash uchun kelgan”,- deya agentning so‘zlarinii keltiradi Ziggo Sport nashri.