Futbol

Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o’ynaladigan oddiy o’yin.

41



Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o'ynaladigan oddiy o'yin.

SHomurodov O’zbekistonning eng kuchli hujumchisi emas yoxud “o’zimizning MYULLER” haqida

Teglar : 
O’zbekiston milliy terma jamoasi JenoaEldor SHomurodov
Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o’ynaladigan oddiy o’yin.

Maydondagi jamoaning maqsadi raqibidan ko’proq gol urib, o’yinda g’alaba qozonishdir. SHunday ekan, asosiy etibor hujumchi ampluasida harakatlanadigan o’yinchilarga qaratiladi, aksar hollarda barcha shuhrat ham ularniki bo’ladi.

Afsuski, so’nggi yillarda aynan shu poziciya o’zbek futbolining nozik nuqtasiga aylanib qoldi. Rossiyadagi mundial saralashida bizga markaziy hujumchi zonasida o’ynaydigan “qo’nxo’r” etishmagan edi. Maksim SHackix va Aleksandr Geynrix faoliyatini yakunlagach, oldingi chiziqning etakchisiga aylanishi kutilgan Igor Sergeev ruhiy holati bilan bog’liq muammolarga duch kelgan bo’lsa, pichoqqa ilinadigan boshqa nomzod topilmay qolgandi. Bu hol BAA maydonlarida o’tkazilgan qita kubogi bahslariga qadar davom etdi. Aynan shu musobaqadagi tasodif Osiyo futboliga yangi yulduz – Eldor SHomurodovni taqdim qildi. SHundan keyin surxondaryolik forvardning faoliyatida progress kuzatila boshladi va u 1 yil ichida Genuya manzili tomon otlandi.

Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o'ynaladigan oddiy o'yin.

Xabaringiz bor, Eldorning italyan diyoridagi sarguzashtlari ham muvaffaqiyatli chiqyapti. U allaqachon A Seriyaga “muzqaymoq eyish uchun” bormaganini isbotlashga ulgurdi. Futbolchining joriy mavsum yakunida italyan grandlaridan biriga o’tishi haqidagi xabarlar ora-sira matbuot yuzini ko’rib turibdi.  SHomurodovning futbolchi sifatida yanada o’sishi biz uchun foydadan xoli emas. CHunki Qatar yashil maydonlarida o’tkaziladigan mundial saralashining hal qiluvchi o’yinlariga oz fursat qolyapti. SHu o’rinda Eldorni markaziy hujumchi sifatida taniydigan mushtariylarimizga uning yana bir sifati haqida malumot berishni lozim topdik. Zero, u bugungi kunga faqat gollari tufayli etib kelmadi.

Italyan xalqi millatchilik va irqchilik qusurlaridan xoli emas. Bu haqda mutbuot orqali tez-tez o’qib turamiz. SHu tufayli mazkur zaminda legionerlarning o’z o’rnini topib olishi biroz murakkab jarayon hisoblanadi. 2001 yilda “Milan” boshqaruvini qo’lga olgan turkiyalik Fotih Terim jamoadan qanday ketkazib yuborilganini eslang. 

A Seriyada o’z o’rningizni topishingiz uchun favqulodda iqtidorli bo’lishingiz yoki Zlatan singari o’ta kuchli xarakterga ega bo’lishingiz talab qilinadi.  Guvohi bo’lganingizdek, Eldor ham jamoaga moslashib ketishda qiyinchilikka duch kelmadi. Buning ustiga, u mahalliy futbolchi (Janluka Skamakka) bilan kurashda ham yutib chiqdi. Skamakka mavsum avvalida Eldordan raqamini (9) tortib olgan bo’lsa, hamyurtimiz mavsum davomida Skamakkaning tarkibdagi o’rnini olib qo’ydi. Etibor qilayotgan bo’lsangiz, Davide Ballardini Eldordan “taran” sifatida foydalanmayapti. Hujumlarni yakunlash masalasi ko’proq Mattia Destroning gardaniga yuklangan. 29 yoshli italyan maydonda bo’lib turgan paytida hamyurtimiz biroz orqaroqda harakat qiladi va aynan shu omil “Jenoa”ning muvaffaqiyatlarida asosiy sabab bo’lsa ajab emas. Jamoa to’p kiritadigan aksar vaziyatlarga qarasak, SHomurodov hujumni keskinlashtiruvchi vazifasini bajarib beryapti. CHunki u oldinda to’p kutib turadigan forvardlar tipiga kirmaydi, to’p uchun tinimsiz kurashadi va qulayroq vaziyatda turgan jamoadoshlaridan to’pni sira qizg’anmaydi.

Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o'ynaladigan oddiy o'yin.

Uning bu xususiyati terma jamoa o’yinlarida ham as qotishi mumkin. Tasavvur qiling, milliy jamoamiz 4x4x2 taktik sxemasi asosida o’ynaydi va qo’sh hujumchi bilan maydonga tushadi. Sergeev, Yaxshiboev yoki Abdixoliqov singari forvardlardan biri vaziyatlarni yakunlash bilan band bo’lsa, Eldor orqaroqdan o’yin qurish bilan shug’ullanadi va zarur pallada o’zi ham to’p kiritib ketaveradi. Server Jeparovdan keyin bu sohada ancha qiynalib qolganimiz haqiqat. 

Tushunishingiz osonroq bo’lishi uchun aytaman, Eldor “Bavariya”dagi Tomas Myullerning vazifasini bajarsa, oldingi chiziqda to’p kutib o’tiradigan Eldorga nisbatan ko’proq foyda keltirishi mumkin. Jamoaning o’yinini SHomurodovning atrofiga qurib, unga maydon bo’ylab harakatlanishi uchun butunlay erkinlik yaratib berish kerak. SHunda ko’rasiz, SHomurodovning asl kuchini. Demoqchimanki, u oldindagi o’yinlarda O’zbekistonning eng yaxshi hujumchisi bo’lishi shart emas, bu vazifani Igor yoki Bobir ham eplay oladi. Eldor murakkabroq bo’lsa ham, yurtimizning eng yaxshi futbolchisiga aylanib, jamoaning o’yinini qurib berishi kerak. Undan yangi vazifada foydalanilishi raqiblarimiz uchun ham kutilmagan syurpriz bo’ladi…

“Jenoa”ning yangi ustozi Davide Ballardini Eldor ko’prog’iga qodirligini yaxshi tushundi va unga sof hujumchi vazifasini yuklashdan tiyilmoqda. Ko’ramiz, Vadim Abramov qanday yo’l tutar ekan.

Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o'ynaladigan oddiy o'yin.

Qadrli o’quvchi, sizning bu boradagi fikringiz qanday? Markaziy hujumda o’ynaydigan SHomurodovdan erkin ijodkor sifatida to’p tepadigan va kerak paytda o’zi ham gol uradigan SHomurodov kuchliroq emasmi?

Faxriddin Ro’ziev

Futbol – bu raqib darvozasiga gol urish uchun o'ynaladigan oddiy o'yin. 
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish