Futzal. CHernogoriya tarixidagi eng katta mag’lubiyatlardan birini O’zbekistondan qabul qilib oldi
Teglar :
O’zbekiston milliy terma jamoasiCHernogoriyafutzal
Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Xorvatiyadagi yig’in doirasida CHernogoriya termasiga qarshi bahs olib bordi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvi. "Sportskaya Dvorana" majmuasi, Novigrad
30 yanvar, 20:00
CHernogoriya – O’zbekiston 1:8
Gollar: Efovich Ariyan (30) – Ilhomjon Hamroev (4, 21, 22), Davron CHoriev (9, 15), Sunatulla Jo’raev (12), Ixtiyor Ropiev (23), Husniddin Nishonov (33)
CHernogoriya (birinchi beshlik): 5. CHorovich Eldin (S), 11. Spasoevich Marko 12. Sekulich Milun, 10. CHimbalevich Nikola 16. Obradovich Aleksadar
Zaxira: 1. Jurkovich Balsa, 2. Milanovich Duro, 3. Efovich Ariyan, 4. Markovich Luka, 6. Vukovich Kosta, 7. Balich Ermin, 8. Vidakovich Nikola, 9. Vuletich Luka, 14. Kandich Anlel
O’zbekiston (birinchi beshlik): 12. Ravshan Eliboev, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 7. Dilshod Rahmatov, 11. Akbar Usmonov
Zaxira: 1. Rustam Umarov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 5. Davlat Ibragimov, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To’lqinov, 10. Davron CHoriev, 13. Abdulla Solihov, 14. Sunnatulla Jo’raev
O’YIN YAKUNLANDI
40. O’yin so’nggida qo’polligi sabab Sunnatulla Jo’raev sariq kartochka oldi.
38. Obradovich Aleksadar qo’pol harakati uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".
38. Bahodir Ahmedov jamoamiz uchun taym-aut oldi.
37. O’yin biroz sokinlashib qoldi, ammo vakillarimiz aniq va ishonchli harakat qilishmoqda.
Ayni paytdagi hisob 1:8. Raqibimiz tarixidagi eng katta mag’lubiyatini aynan shunday hisob bilan Serbiyadan qabul qilgan (2009 yil).
33. GOOOOOL!!! Husniddin Nishonov uzoqroq masofadan chiroyli gol urmoqda!
30. GOL! CHernogoriyaliklar ham gol urishdi. Uzoq masofadan berilgan zarbadan so’ng to’p Eliboev darvozasidan joy oldi. Gol muallifi Efovich Ariyan.
27. Vakillarimiz tomonidan ikkinchi taymda ishlatilgan ikkinchi qo’pollik guvohiga aylandik.
26. Akbar Usmonov kuchli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg’ol qilmoqchi bo’ldi, ammo raqib darvozaboni qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi.
25. O’zbekiston termasi bugungi o’yinda juda erkin harakatlanmoqda va raqiblariga master-klass namoyish etishmoqda desak oshirib yubormagan bo’lamiz.
23. GOOOOLL! Vakillarimiz CHernogoriya darvozasiga yana yo’l topishdi! Bu safar Ropiev.
22. Hamroev yana bitta gol urdi. Ajoyib!
21. Ilhomjon Hamroevdan dubl!!! Futbolchimiz sherigining pasidan so’ng deyarli bo’sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg’ol qildi.
20. Hakam ikkinchi taymga start beruvchi hushtakni chaldi.
2-BO’LIM
20. Birinchi taym yakunlandi. "Oq bo’rilar" raqibga imkoniyat qoldirishmayapti!
18. CHernogoriyaliklar raqiblarimizga nisbatan fol ishlatishdi, bu borada statistika esa tenglashdi – 4:4.
17. Follar statistikasi. 3:4. O’zbekistonda ko’proq
15. Bu safar Davron CHoriev qarshi hujum davomida uzoq masofani bosib o’tdi va raqib darvozasini ishg’ol qildi! Dubl!
12. Sunatulla Jo’raev jarima zarbasini golga aylantirdi. Qoyil!
10. Raqiblar taym-aut olishdi.
9. GOOOOOLL!!! Ajoyib goll! Jarima zarbasidan so’ng to’p CHorievga kelib tushdi va u raqib darvozasini qiyinchiliksiz ishg’ol etishdi. Kombinaciya ajoyib ijro etildi.
9. Ixtiyor Ropievga qarshi qo’pollik! Xavfli jarima zarbasini amalga oshiramiz.
7. Ravshan Eliboevdan ajoyib seyv! Posbonimiz jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.
6. Yana o’sha Kosta diqqat markazida, u maydon markazida Akbar Usmonovni qo’pollik evaziga to’xtatib qoldi.
6. Vukovich Kosta darvozamizni nishonga oldi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.
4. GOOOLL! Kutilganidek, vakillarimiz hisobni ochishdi. Gol muallifi Ilhomjon Hamroev!
4. Ropiev qulay vaziyatdan foydalana olmadi, raqibning jiddiy xatosidan so’ng O’zbekiston hisobni ochishi mumkin edi.
2. CHernogoriya hozircha to’pga ko’proq egalik qilishga urg’u bermoqda, vakillarimiz esa faol pressingda.
1. O’yinga start berildi!
– Assalomu aleykum qadrli do’stlar! Tez orada boshlanadigan futzal bo’yicha o’rtoqlik o’yini doirasidagi O’zbekiston – CHernogoriya bahsini birgalikda kuzatib boramiz.