Litvada davom etayotgan Futzal bo‘yicha Jahon chempionati ilk nimchorak final bahsi o‘z yakuniga yetdi.
Rossiya va Vyetnam jamoalari o‘rtasida kechgan bahs ruslarning kutilgan ustunligida o‘tdi. Yakunda ham Yevropa qit’asi vakillari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ruslar Chishkalaning dubli hamda Robinyoning goli evaziga g‘alabaga erishdi.
Vyetnamliklar safida esa Nguyen hamda Hoalar gol muallifiga aylandi. Endi Rossiya chorak finalda Argentina va Paragvay juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.