Musobaqaning hal qiluvchi bahsida amaldagi jahon chempioni Argentina hamda dunyoning etakchi jamoalaridan biri hisoblangan Portugaliya maydonga chiqdi. 9-daqiqada Argentina futbolchisiga qizil kartochka ko’rsatildi va bu ham o’yinga jiddiy tasir ko’rsatdi. 15-daqiqada Varela Portugaliyani hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada esa Varela dublga erishdi hamda oradagi farqni oshirdi. Janubiy Amerika vakillaridan faqatgina Klaudino gol urib, hisobni qisqartirdi. Ammo uning goli jamoasiga yordam berolmadi. Yakuniy hisob — 1:2.