Teglar :
OCHLZafar PolvonovAGMK
G’arb Mintaqasida Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-tur bahslari nihoyasiga etdi.
Bugun mazkur turning ramziy jamoasi ham elon qilindi. Etiborli jihati, undan AGMK forvardi Zafar Polvonov ham o’rin egallagan:
Darvozabon: Diraj Singh (Goa)
Himoyachilar: Muhammad al-Burayk ("Al Hilol"), Hodi Muhammadi ("Traktor"), Fares Juma ("Al Vahda"), Mehran D. ("Fulad")
Yarim himoyachilar: Ali Karimi, Karim Budiaf (har ikkofi – "Al Duxayl", Andre Karrilo ("Al Hilol"), Mehdi Tarobi ("Persepolis")
Hujumchilar: SHahriyor M. ("Persepolis"), Zafar Polvonov (AGMK)
SHuningdek, Polvonov 2-turning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. "Istiqlol" darvozasini 2 bor ishg’ol qilgan futbolchining harakatlari 10 ballik tizimdan 8,3 ga baho olgan.
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.