Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuv doirasida «Bavariya» o‘z maydonida PSJni qabul qildi va dramatik tarzda kechgan bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (2:3).
Dastlab o‘yinda Mbappe tezkor gol evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik Markinyos parijliklar safidagi ikkinchi golga ham mualliflik qildi. «Bavariya» esa tinimsiz hujumlar evaziga nihoyat vaziyatni tenglashtirgandi. «Qizillar» safidagi gollarga Shupo-Moting hamda Myuller mualliflik qildi.
Lekin baribir Mbappe yana katta sahnaga chiqdi va farqni jamoasi tomoniga hal qilib qo‘ydi – 3:2. Shundan so‘ng, mezbonlarning xavfli hujumlari ha deganda golga aylanavermadi.