Marca nashri “Atletiko” va “Barselona” o‘rtasida Antuan Grizmann transferi bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, klublar ijara shartnomasini yana bir yilaga uzaytirilish sharti bilan bir yillik bitimga imzo chekishgan. “Atletiko” ijara uchun “Barsa”ga hech narsa to‘lamaydi.
Agar fransuz hujumchisi 2022/23 yilgi mavsumda kamida 50% “matraschilar” tarkibida o‘ynasa, Madrid klubi uni 40 million yevro evaziga sotib olishi kerak bo‘ladi. Bu “ko‘k-anorranglilar”ning “Atletiko”dan Grizmann uchun oladigan maksimal miqdori, klublar o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan barcha bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Xuddi shunday, agar Antuan 2022/23 yilgi mavsumda “Atletiko” safida 50% dan kam o‘yin o‘tkazsa, u Madrid klubiga mutlaqo bepul o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko”ga qaytish uchun Grizmann maoshini 40 foizga qisqartirishga rozi bo‘lgan.