Futbol

Hollandning ikki goli “Borussiya”ga Chempionlar Ligasi 1/8 finalidagi dastlabki o’yinda “PSJ” ustidan g’alabani olib keldi

15

Dortmundning “Borussiya” jamoasi o’z maydonida “PSJ” ni Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o’yinida mag’lubiyatga uchratdi.
Barcha gollar ikkinchi bo’limda kiritildi. Hisobni 69-daqiqada “Borussiya” hujumchisi Erling Holland ochdi. Olti daqiqadan so’ng Parijliklar hujumchisi Neymar javob golini urdi, ammo ikki daqiqadan so’ng Holland mezbonlarni yana peshqadamlikka olib chiqdi va uchrashuvning yakuniy hisobini o’rnatdi.
Javob o’yini 11 mart kuni Frantsiyada bo’lib o’tadi.

Fikr bildirish