Futbol

Igor Sergeev xorij jamoasiga o’tishga yaqin

22

Championat.asia sayti xabariga ko’ra, “SHerlar” bilan 2020 yil oxirida shartnomasi tugaydigan Sergeevga Janubiy Koreyaning Osiyo chempionlar ligasiga yo’llanma olgan klubidan biri jiddiy qiziqmoqda. SHuningdek Tailandning “Buriram Yunayted” klubidan aniq taklif bor. Ayni paytda “Buriram” safida o’zbekistonlik yarim himoyachi Akbar Ismatullaev to’p tepmoqda.

Janubiy Koreyada yakuniga etgan mavsumda “CHonbuk Xyunday Motors”, “Ulsan Xyunday”, “Poxang Stilers” va “Tegu” klublari OCHL yo’llanmasiga ega bo’lishdi. Dastlabki “CHonbuk” va “Ulsan” musobaqani to’g’ridan-to’g’ri guruh bosqichida boshlashadi, qolgan ikki klub esa pley-off orqali guruhga chiqishga harakat qiladi.

Eslatib o’tamiz, Igor Sergeev 2020 yilgi Superligada hozirgacha 22ta o’yinda maydonga tushdi va 15ta gol urishga erishdi.

Fikr bildirish