Futbol

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

194

Bu mavsum Chempionlar Ligasi yana ham qiziqarli bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sababi, ko‘plab katta transferlar amalga oshdi. Raqobatbardosh jamoalar soni ancha ko‘paydi. Endi biz bu chempionatda avvalgilarga nisbatan ancha kuchliroq raqobatni ko‘rishimiz mumkin. Shahsan men bunga ishonaman. 

“Manchester Siti” 

“Manchester Siti” jamoasi har mavsum Chempionlar ligasi uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi, ammo har safar ularga nimadir yetmay qoladi. Tarkib kuchli, murabbiy esa dunyoda eng zo‘rlaridan biri hisoblanadi. Baribir bu klubga katta o‘yinlarda nimadir yetishmaydi. Ular o‘tgan mavsum “Chelsi”ga finalda mag‘lub bo‘ldi. Demak, YECHL bosh sovrinini yutish rejasi hali ham bajarilmadi. Shunday ekan, Gvardiola va uning shogirdlari bu musobaqani yutish uchun qo‘ldan kelgancha kurashaverishadi. 

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

“Bavariya”

Myunxen klubini ayni damda “Leypsig”da ancha ko‘zga ko‘ringan Nagelsmann boshqarmoqda. Ularni imkoniyatlarini va kuchini xuddi o‘tgan yilgidek baholasa bo‘ladi. To‘g‘ri, Flik ketdi, ammo uning o‘rniga, undan kuchsiz bo‘lmagan boshqa bir nemis mutaxassis keldi. Tarkib ham o‘sha-o‘sha va deyarli katta o‘zgarishlarsiz. O‘ylaymanki, ular YECHLda g‘olib chiqish uchun asosiy uch favoritdan biri. Ko‘ramiz, bu fikrlar o‘zini oqlaydimi yoki yo‘qmi. 

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

“PSJ”

Parijliklarning ayni damdagi tarkibi shunchaki dahshatli ko‘rinishga kelib ulgurdi. Odatda, faqat hujumi bilangina maqtana oladigan Parij klubida endi har bir nuqtada yulduz futbolchilarga ega. Chindan ham ular jamaoviy jihatdan hali u darajada shakllanib ulgurmagan bo‘lsa-da shu yulduzlarning o‘zi ko‘p narsaga qodir. Ular yangi mavsumda Chempionlar ligasini yutish uchun eng asosiy nomzodlardan biri ekanligi ko‘p bora takrorlanmoqda. Ular bunga o‘tgan ikki yilda ancha yaqin keldi. Endi yana ham yaqinroq desam adashmagan bo‘laman.

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

“Chelsi”

“Chelsi” o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Tuxelning oqilligi va jamoaning tartibli o‘yini ularga bu sovrinni yutish imkoniyatini berdi. Ha, bu mavsum ular yanada kuchaydi. Tarkib etibori bilan ham, jamoaviy o‘yin taraflama ham. Lukaku bu jamoada endi nayzaning uchi bo‘la oladi. O‘tkan yili o‘sha nayza biroz o‘tmasroq edi. Ularning o‘tgan yilgi chempionligini omadga biroz bog‘lasa bo‘ladi. Biroq bu safar ular chindan ham kuchli jamoa va istalgan raqibni jamaoviy kuch evaziga mag‘lub eta oladi. 

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

“Manchester Yunayted”

“Real Madrid” va “Barselona” ayni damda ancha kuchsizlanib qolgan. Mankunianliklar esa o‘z safini yulduzlar bilan to‘ldirib oldi. Eng muximi YECHLni eng ko‘p yutgan haqiqiy jangchi Krishtianu Ronaldu shu yerda. Ular APLda mavsum startini unchalik ham yaxshi o‘tkaza olmadi. Ammo bu shunday qoladi degani emas. Ronaldu maydonga tushishni boshlagach, katta ehtimol klub ruhiy tomonlama ancha yaxshi holatda bo‘ladi. Chunki baribir u kabi katta nomning maydonda harakat qilishi boshqa futbolchilarga ham ancha dalda beradi. Shunday ekan, ayni damda ko‘rayotganimiz “qizil iblislar”ning o‘yini xulosa chiqarish uchun yetarli emas. Hali bu klubning o‘yida progress bo‘lishiga ishonchim komil. 

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

 Albatta, bu fikrlar mutlaq subyektiv va har kim bu borafa turli xil fikrga ega. Men uchun ushbu 5 klub yangi mavsum Chempionlar ligasini yutish uchun asosiy da’vogar. 

                                                           Xudayqulov KARIM tayyorladi

Fikr bildirish