Bosh sahifaBoks/MMAIkki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo tashkilot rahbarlariga mug’ombirlik yo’li bilan g’alaba qozonayotgan jangchilarni haydash kerakligini uqtirmoqda.
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo tashkilot rahbarlariga mug’ombirlik yo’li bilan g’alaba qozonayotgan jangchilarni haydash kerakligini uqtirmoqda.
“Kinoakademiyada bu yil bir nechta nominaciyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi. Aljameyn Sterling va Aleksandr Romanovga ham aktyorlik uchun mukofot berish kerak. Dana Uayt bu mug’ombirlarni tashkilotdan haydab yuborishi lozim. Aks holda bu qolganlarga tasir o’tkazadi. Dana, bu futbolchilarga chiqish eshiklarini ko’rsatib qo’y!”, – deydi Sexudo.
Malumot uchun, og’ir vazn toifasidagi moldovalik aralash yakkakurash ustasi Aleksandr Romanov Las-Vegasda o’tgan UFC on ESPN 22 turniri doirasida Xuan Espinoga qarshi kechgan jangning uchinchi raundida bahsni davom ettirmaslikni lozim topgandi. U bu qarorini raqibining beldan pastga yo’llagan zarbasi bilan izohlagan edi. Jangni kuzatib borgan muxlislar xuddi Sexudo singari Romanovni simulyaciya qilayotganlikda ayblagandi.
Takidlash joiz, Aljameyn Sterling shunga o’xshash holat sabab Petr Yanning UFC kamarini tortib olgan edi.