Boks/MMA

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi boshqa bir UFC afsonasi Neyt Diaz haqida fikr bildirdi.

197

“Agar Neyt Diazni vaqt chegarasi bo’lmagan jangga qo’yishsa, u 99% raqibini er tishlatadi. Neytni sabmishnda mag’lub etishning, nokautga uchratishning iloji yo’q. Bu yigit to’xtamaydi va faqat oldinga boradi. Neyt Diaz eng qo’rqinchli ko’cha jangchisi.

Agar siz u bilan ko’chada urishadigan bo’lsangiz, bu o’limli jang bo’ladi. Menimcha, agar Neyt Leon Edvards bilan vaqt chegarasisiz, oxirgacha jang qilganida, u albatta g’alaba qozonardi”, – deydi Firas Zaxabi.

Eslatib o’tamiz, Neyt Diaz yaqindagina UFC’ga qaytgan va ochkolar hisobiga ko’ra Leon Edvardsga mag’lub bo’lgandi.

Fikr bildirish