Boks/MMA

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik Dastin Porega qarshi o’tkaziladigan uchinchi jangidagi g’alabasiga ishonmoqda.

248

Irlandiyalik jangdan keyin yaqinlari bilan g’alabani nishonlash uchun Las-Vegasdagi Encore Beach Club tungi klubini band qilib qo’ydi. Bu haqida u “Instagram”dagi sahifasida xabar berdi. Jangchilar o’rtasidagi trilogiya 11 iyul kuni aynan Las-Vegasda bo’lib o’tadi. 

Makgregor uchun bu birinchi holat emas. U Donald Serronega qarshi jang oldidan ham bo’lajak g’alabani tantana qilish uchun oldindan klub “bron” qilib qo’ygan edi. O’shanda Konor raqibini birinchi daqiqadayoq nokautga uchratgandi. 

Qizig’i, Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi kechgan chempionlik jangi oldidan ham shunday yo’l tutgandi. Lekin o’shanda jang qanday natija bilan yakunlanganini o’zingiz juda yaxshi bilasiz.

Fikr bildirish