Boks/MMA

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi oktagonga chiqmoqchi.

172

Uchtalik chempion UFC rahbari Dana Uaytdan Volkanovski bilan jang tashkil qilib berishni talab qilmoqda. Aynan shu jang uchun u faoliyatini qayta tiklamoqchi.  

“Aleksni mag’lub etishimga nafaqat ko’zim etyapti, balki uni to’xtatishimga yuz foiz ishonaman. Aynan men uni to’xtata olaman. Volkanovskining kuchli jihatlari ko’p. Kamchiliklari esa undan ham ko’p. Mendagi tezlik, parterdagi kurash, eng kuchli jangchilar bilan oktagonda to’qnash kelganim, bo’yimning pastligi unga etarlicha muammo tug’diradi. Menga uchta raund etadi. Tarixni yangilash uchun menga imkoniyat taqdim eting”, – deya TMZ kanaliga intervyu bergan Sexudo. 

Eslatib o’tamiz, Aleksandr Volkanovski yakshanba tongida Las-Vegas shahrida o’tkazilgan UFC 266 turnirining markaziy jangida Brayan Ortegani ochkolar hisobiga ko’ra mag’lubiyatga uchratgan edi.

Fikr bildirish