Boks/MMA

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yanvar oyidagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

12

Irlandiyalik UFC 257 turnirining markaziy jangida sobiq vaqtinchalik chempion Dastin Porega qarshi oktagonga ko’tariladi. Konorning aytishicha, u tayyorgarlikning so’nggi olti haftasida 375 daqiqa sparring janglari o’tkazgan.

“Oxirgi 6 haftada sparring janglarining o’ziga 375 daqiqa sarfladim. Bu 5 daqiqadan 75 raund degani. Yoki MMAda 15 ta chempionlik jangi. So’nggi jangim esa 40 soniya davom etgandi”, — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.

Malumot uchun, bu Makgregor uchun so’nggi bir yildagi ilk jang bo’ladi. Konor shu yilning yanvar oyida Donald Serroneni 40 soniyada nokautga uchratgan edi. Pore esa shu yilning iyunida Den Xukerni qiyinchilik bilan taslim etgandi. Dastin uchun Konorga qarshi jang revansh maqomida bo’ladi. 2014 yil u UFC 178 turnirida Makgregorga imkoniyatni boy bergan edi. 

Fikr bildirish