Basketbol

Irving 300 ming dollardan ko’proq xayriya qildi va 250 ming Nyu-Yorkliklar uchun oziq-ovqat sotib oldi

95

“Bruklin Nets” o’yinchisi Kayri Irving o’z tug’ilgan kunida COVID-19 koronavirusi tufayli qiyin ahvolda bo’lgan odamlarga mablag’larni xayriya qildi. U 323 ming dollarni Feeding America tashkilotiga o’tkazdi.
Bundan tashqari, himoyachi City Harvest va Lineage Logistics bilan hamkorlikda pandemiya tufayli muammolarga duch kelgan 250,000 Nyu-Yorklik uchun oziq-ovqat sotib oldi. Shuningdek, u Lineage Logistics 200 ming dollar xayriya qilishini aytdi.
Muxlislarim, do’stlarim, oila a’zolarim va sheriklarimdan menga qo’shilishlarini va tashkilotlarga xayriya bilan yordam berishlarini so’rayman. Oldingi qatorlarda ishlaydiganlar, biz uchun xavfsizlik, sog’liq va ovqatlanishni ta’minlash uchun ishlayotganlarga rahmat. Birgalikda biz dunyoni o’zgartira olamiz “, – deb yozdi Irving Instagramda.

Fikr bildirish