Xokkey

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo’yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

98

Sir emaski, oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, bu borada hududlardagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish va pandemiya munosabati bilan ish jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh viloyatda o’z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

Kecha ishchi guruh tomonidan kunning ikkinchi yarmida Andijon shahri bo’ylab jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan ishlar va sport maktablarida shug’ullanayotgan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ulardan sport turlari bo’yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish bo’yicha qilingan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

Ishchi guruh vakillari, jumladan, Andijon shahar sportning o’yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida bo’lishib, unga qarashli “Barkamol avlod” sport majmuasining bugungi holatini o’rganishdi.

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

Ushbu sport majmuasida chim ustida hokkey bo’yicha jahon standartlariga to’la javob beruvchi Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan stadion mavjud bo’lib, bu er ushbu sport turi bo’yicha shug’ullanayotgan yoshlar va O’zbekiston milliy terma jamoasi uchun asosiy baza hisoblanadi.

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

O’n mingga yaqin tomoshabinga mo’ljallangan zamonaviy ko’rinishdagi ushbu stadionda chim ustida hokkeyni rivojlantirishda zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Ishchi guruh Andijondagi chim ustida hokkey bo'yicha asosiy bazaning bugungi holati bilan tanishdi

SHuningdek, ishchi guruh va viloyat sporti mutasaddilari shaharning ommaviy sport turlariga ixtisoslashuvi hamda mahalliy aholi va yoshlarni sportga keng jalb qilgan holda aholi salomatligi darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama etishdi.

Fikr bildirish