Futbol

Ispaniya chempionati 10-turidan o’rin olgan bahs bo’lib o’tmoqda.

21



Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tmoqda.

La Liga. “Vilyarreal” – “Real Madrid” 0:1 (Matnli translyaciya)

Teglar : 
Real MadridLa Liga“Vilyarreal”
Ispaniya chempionati 10-turidan o’rin olgan bahs bo’lib o’tmoqda.

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo’ladi. 

YANGILASH

45+1-daqiqa. "Vilyarreal" bo’limdagi oxirgi hujumni uyushtirdi, ammo Varan va sheriklari to’pni qaytarishga muvaffaq bo’lishdi hamda shu pallada bosh hakamning hushtagi chalindi. Tanaffus va biz ham biroz dam olamiz. 

Birinchi bo’limga bir daqiqa qo’shib berildi! 

45-daqiqa. Mariano Dias to’p uchun kurashda Raul Albiolga nisbatan qo’pol o’ynadi. Himoyachi hakamdan raqibi uchun sariq kartochka so’ramoqda. 

43-daqiqa. To’pni qabul qilib oldinga katta tezlikda o’tib ketmoqchi bo’lgan Eden Azar qoida buzish evaziga to’xtatildi. 

To’pga egalik qilish borasida ko’rsatkich 51%-49% mezbonlar foydasiga. 

39-daqiqa. Rafael Varan imoyadan chiqib ketayotgan raqibni va qarshi hujumni qo’pollik evaziga to’xtatib qoldi. 

Bu vaziyatda "Vilyarreal" azolaridan biri yana sirpanib, yiqilib tushganiga etibor qaratish lozim. Sababi mehmonlar himoyachilari o’tgan vaqt davomida kamida 3 bor shunday muammoga duch kelishdi.  

35-daqiqa. Mariano Dias yana faollik ko’rsatdi. Futbolchi qanotdan katta tezlikda oldinga o’tib bordi va to’pni Vaskesga etkazdi, ispaniyalik futbolchining zarbasidan keyin to’p himoyachining oyog’iga tegib, yana dominikanlikka kelib tushgandi, biroq… Forvard o’yindan tashqari holatda turgandi.    

33-daqiqa. Sobiq "realchi" Raul Albiolning uzatmasidan keyin Karlos Bakka to’pga qanchalar intilmasin, Kurtua qo’llari bilan uni egallab oldi.   

31-daqiqa. Toni Kroosning uzatmasidan keyin Dani Karvaxal qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi, ammo uzatma ko’ngildagidek chiqmadi. 

29-daqiqa. Odatda kamroq o’yin amaliyotiga ega bo’ladigan futbolchilar bugun Zidanga o’zlarini yaxshi tomondan ko’rsatishlari zarur. Va ular astoydil bunga harakat qilishmoqda. Har bir futbolchi o’z texnikasi va ustun jihatlarini amalda qo’llashga urinmoqda. 

28-daqiqa. Yana "Vilyarreal" futbolchilari qanotdan to’pni jarima maydoniga etkazishga urinib ko’rishdi, bu safar Tibo Kurtua faol o’ynab, uni egallab oldi.  

26-daqiqa. Aynan Mendi endi hujumda tezligini namoyish qildi va sal qolsa yana bir xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. 

25-daqiqa. Yana "Real Madrid" markaziy himoyachilari zonasidan zarba yo’llandi. Manu Trigerosga oxirgi pallada Ferlan Mendi biroz halaqit qilib ulgurdi va burchak to’pi.   

23-daqiqa. Karvaxal to’pga o’ynagan bo’lsada, xavfli harakat qilgani sabab jarima zarbasi belgilandi. 

20-daqiqa. Kurtua darvozasi oldidagi dastlabki biroz jiddiyroq vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Dani Parexo kutilmaganda jarima maydoni markaziga yorib kirdi va qanotdan uzatilgan to’pga boshi bilan zarba berdi, noaniq. 

19-daqiqa. "Real Madrid" to’psiz ham yaxshi harakat qilyapti va raqibga bo’sh zonalar qoldirmayapti. 

18-daqiqa. Raqibdan to’pni olib qo’ygan "qaymoqranglilar" texnik imkoniyatlarini ishga solib, juda chiroyli tarzda pressingdan chiqib ketishdi.  

17-daqiqa. Varan raqibi Karlos Bakkani oxirgacha taqib qildi va endi mezbonlar burchak to’pini amalga oshiradi. Standartdan naf chiqara olishmadi.  

15-daqiqa. Maydon markaziga yaqin hududda Azarga nisbatan qoida buzildi. Mezbonlar bunday qarordan noroziliklarini yashirib o’tirishmayapti.  

14-daqiqa. "Vilyarreal" futbolchilari hozircha raqib himoyasini yorib o’tishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 

12-daqiqa. Mezbonlarning navbatdagi urinishi samara keltirmadi. 

11-daqiqa. Mendi avvaliga to’pni oldirib qo’ydi, lekin darhol uni qaytarishga muvaffaq bo’lgandi, ammo hakam o’yin qoidasi buzilganini etirof etdi.   

9-daqiqa. Bir lahza tin olgan mehmonlar yana to’pni o’z nazoratlariga olishga harakat qilishmoqda. Hozircha o’ng qanot faolroqdek tasavvur uyg’otmoqda. 

Qiziq, endi "Vilyarreal" qanday o’yin ko’rsatarkin? 

O’zi shu Mariano Diasda bir gap bor. Dominikanlik futbolchi kamdan-kam maydonga tushiriladi, lekin imkoniyat berilganda, sanoqli daqiqalardayoq gol urib qo’yadi. Tasodifmikin?

Mezbonlar hakamga arz qilishdi va o’yindan tashqari holat bo’lganini va golni bekor qilishni so’rashdi, lekin "VAR"dagilarning fikri boshqacharoq bo’ldi.  

2-daqiqa. GOOOOOOOL! Birinchi hujumdayoq "Real Madrid" futbolchilari hisobni ochishga muvaffaq bo’lishdi. Mariano Dias bosh bilan to’pni darvoza to’riga joylab qo’ydi.  

Bugun madridliklar qora rangli libosda harakat qiladilar, "Vilyarreal" vakillari esa odatiy sariq rangli liboslarda o’ynashadi.  

O’yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Har ikki jamoa futbolchilari maydonga tushib kelishdi. 

Bugun mana shu ikki yigit katta sahnaga chiqishini "qaymorqanglilar"ning ko’pchilik muxlislari kutmoqda. 

Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tmoqda.

"Qirollik klubi" "zaxira o’rindig’i". Ha, bugun Asensio ham zaxirada qoldirildi. Isko va braziliyaliklar telefoni bilan band bo’lsa, "Championat.asia"ning bazi o’quvchilari CHustning maydonga tushishini kutishmoqda.   

Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tmoqda.

Yana bir necha daqiqalardan so’ng La Ligada turning markaziy uchrashuvi boshlanadi, derdik agar… Bir necha soatdan keyin Madridda bo’lib o’tadigan "Atletiko" – "Barselona" bellashuvi bo’lmaganida.   

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo’lib ulgurgan.

"Vilyarreal" – "Real Madrid"

20.15, "Estadio de la Seramika"

"Vilyarreal" – Asenxo, Albiol, Pau Torres, Mario Gaspar, Pedrasa, Trigeros, Parexo, Iborra, Moyses Gomes, Bakka, Jerar Moreno.

"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Karvaxal, Edegor, Kroos, Vaskes, Modrich, Azar, Mariano Dias.

YANGILASH

Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tmoqda.

Ispaniya chempionati 10-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tmoqda.

Fikr bildirish