Futbol

Ispaniyaning rekord natijasi Shvesiya tomonidan to‘xtatildi

151

Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida Shvesiyaga minimal hisobda yutqazib qo‘ydi (1:2). Bu orqali ispanlarning jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi 66ta mag‘lubiyatsiz uchrashuvlar rekord seriyasi to‘xtatildi: 52 g‘alaba va 14 durang.
 
Ispaniya oxirgi marta 1993 yilgi jahon chempionatiga saralashda Daniyaga yutqazgandi (0: 1).

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya saralashning barcha uch uchrashuvida g‘alaba qozondi va to‘qqiz ochko bilan turnirjadvalida birinchi o‘rinni egalladi. Ispaniya to‘rtta o‘yinda 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda Shvesiya safarda Gresiya bilan o‘ynaydi, Ispaniya esa Gruziyani qabul qiladi.

Fikr bildirish