Futbol

Italiyadagi karnavalda Ronalduni bahaybat “Temir odam”ga aylantirishdi

43

Ayni paytda Italiyaning Viaredjo shahrida an’anaviy karnaval bo’lib o’tmoqda, uning doirasida ko’plab taniqli shaxslarni ulkan ko’rinishlarda tasvirlashdi.
Xususan, Sky Sport xabariga ko’ra, “Yuventus” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni bahaybat temir odamga aylantirishdi. Shuni ta’kidlash kerakki, uning yaqinida “But” yozuvi o’rin olib turibdi.
Karnaval mehmonlari Ronaldoning ulkan nusxasi bilan tushgan fotosuratlar va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan faol ravishda bo’lishishmoqda.

Fikr bildirish