Jang san’atlari

Italiyalik jurnalist O‘zbekistondagi “Jenoa”maniya haqida: Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?

22

Italiyalik jurnalist O‘zbekistondagi “Jenoa”maniya haqida: Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?

Futbol 21 oktabr, 2020, 21:08 1 Teglar:Legionerlarimiz
|
Italiya
|
Jenoa
|
Eldor ShomurodovMashhur nashrlardan biri yurtimiz ishqibozlarining Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashiga e’tibor qaratdi

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri “Salciomercato” hamyurtimiz Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi O‘zbekistonda ushbu klubning ko‘plab yangi muxlislari paydo bo‘lganini yozdi.

– Eldor Shomurodov Italiyaning eng ko‘hna klublaridan biri safiga o‘tganidan so‘ng, O‘zbekiston va Markaziy Osiyodan muxlislar Evropaning kuchli beshlikdagi yagona vakili to‘p tepayotgan “Jenoa”ga qiziqa boshladi. Bu transfer buyuk ipak yo‘li mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

“Jenoa”ning 61-raqamli minglab qizil-ko‘k liboslari so‘nggi 10 kun ichida Toshkent va Samarqandda sotilib, Genuya klubiga bo‘lgan qiziqish yana uyg‘ondi. Yana deyilishi bejizga emas, 15 yil avval Ilyos Zeytullaev “Jenoa”dagi Temuriylar mamlakatidan kelgan ilk futbolchi bo‘lgandi.

Eldor Shomurodovning debyutiga necha ball qo‘yildi? (Foto)

Italiyalik jurnalist O‘zbekistondagi “Jenoa”maniya haqida: Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?

O‘zbekistonlik muxlislar ham Eldor Shomurodovning debyutini baholadi. Unga necha ball qo‘yishdi? (Foto)

Muxlislar faqat internet magazinlar emas, “Jenoa”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham o‘zbekistonlik muxlislarning Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Endi tasavvur qiling, Eldor A Seriyada gollar ura boshlasa, yana nimalar ro‘y berishi mumkin?, – deya yozgan jurnalist Marko Tripodi.

Fikr bildirish