Jang san’atlari

ITKF karate-do bo‘yicha Afro-Osiyo xalqaro turnirida 21 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etadi

110

ITKF karate-do bo‘yicha Afro-Osiyo xalqaro turnirida 21 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etadi

Yakkakurashlar 21 oktabr, 2020, 10:21 0 Teglar:KarateUshbu turnir onlayn tarzda tashkil qilinadi.

ITKF karate-do bo‘yicha 25-29 oktyabr kunlari Indoneziyada Afro-Osiyo xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Kuni kecha, mazkur musobaqaga oid onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasi rahbariyati va Osiyo hamda Afrika an’anaviy kartae federatsiyasi mutasaddilari, shuningdek, O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi rahbari Shuhratjon Kushmuratov ishtirok etdi.

Seminar yakunida Afro-Osiyo xalqaro turnirida O‘zbekistondan 21 nafar sportchi qatnashadigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mazkur xalqaro turnir hozirdagi pandemiya holati tufayli, kata yo‘nalishi bo‘yicha onlayn tarzda o‘tkaziladi.

ITKF karate-do bo‘yicha Afro-Osiyo xalqaro turnirida 21 nafar O‘zbekiston vakili ishtirok etadi

 

Fikr bildirish