Argentina ham JCH-2022ga yo’l oldi. Janubiy Amerikadagi saralashda vaziyat qanday?
Teglar : Janubiy Amerika
Janubiy Amerika (CONMEBOL) mintaqasida JCH-2022 saralashi davom etmoqda.
Biroz avval saralash musobaqasining 14-tur bahslari yakunlandi. Safarda Braziliya bilan durang o’ynagan Argentina terma jamoasi ham jahon chempionati yo’llanmasini naqd qildi.
Bu erda saralash yakunlanishiga yana 4 ta tur qoldi. O’yinlar 30 martgacha davom etadi. Hozirda Braziliya va Argentina terma jamoalari muddatidan oldin JCH yo’llanmasini naqd qilib qo’yishgan. Asosiy kurash endi qolgan 2,5ta o’rin uchun kechadi. Kuchli to’rtlikka kira olgan yana 2 jamoa to’g’ridan-to’g’ri JCHga yo’l olsa, beshinchi o’rinni egallagan terma jamoa boshqa qita vakili bilan pley-offda o’ynaydi.