Bugun O’zbekiston terma jamoasining bo’lajak raqiblaridan biri bo’lgan Singapur terma jamoasi Dubayda Afg’oniston bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.
Tatsuma Yoshida boshchiligidagi Singapur xuddi O’zbekiston singari Saudiya Arabistoniga uchib ketish oldidan Dubayda yig’in o’tkazmoqda.
Yaponiyalik murabbiy yig’inga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan:
Hujumchilar Faris Ramli (“Lion Siti Sailors”) SHaval Anuar (“Xougang Yunayted”) Gabriel Kuak (“Lion Siti Sailors”) Ilhan Fandi (“Yong Lions”) Xazzuvan Xalim (“Balestier Xalsa”) Xafiz Nor (“Lion Siti Sailors”)
Ro’yxatda 3 nafar futbolchi klubsiz. Tailand va Malayziyada o’ynayotgan ikki legioner bor. Norvegiya chempionatida to’p tepayotgan terma jamoa safida 18ta o’yinda 8ta gol urgan Ihsan Fandi yig’in davomida jarohat oldi.
Singapur terma jamoasi 5ta o’yindan 7 ochko to’plab musobaqa jadvalining 3-pog’onasida bormoqda. Ushbu jamoa 3 iyun kuni Falastin, 7 iyun kuni O’zbekiston va 11 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o’yinlar o’tkazadi.